“XORIJIY TILLARNI OʻQITISh BOʻYIChA ENG YaXShI MAKTAB” TANLOVI GʻOLIBLARIGA PREZIDENT SOVRINI TOPShIRILDI
Maʼlumki, Prezidentimizning 2021-yil 19-maydagi «Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida»gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi tegishli qarorlari ijrosini taʼminlash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Maktablarda xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha amalga oshirilayotgan mana shu chora-tadbirlar natijadorligini tahlil qilish hamda maktablar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida 2021-yil 4-mart kuni tumanda Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichi oʻtkazilgan edi. Mazkur tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etgan 40-sonli maktab terma jamoasi birinchi, 56-sonli maktab terma jamoasi ikkinchi, 32-sonli maktab terma jamoasi uchinchi oʻrin deb topildi.
Shu yil 16-noyabr kuni tuman hokimligida hokim oʻrinbosari M.Shermetov ishtirokida tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi va 40-sonli maktabga 100 mln., 56-sonli maktabga 75 mln. va 32-sonli maktabga 50 mln. soʻmlik vaucherlar topshirildi. Shuningdek, 40-sonli maktab jamoasidan 5 nafar oʻquvchiga 5 mln. soʻmdan, 56-sonli maktab jamoasidan 5 nafar oʻquvchiga 3 mln.750 ming soʻmdan va 32-sonli maktab jamoasi oʻquvchilariga 2,5mln. soʻmdan pul berildi.
Muhayyo ORTIQBOYeVA, tuman XTB xorijiy tillar metodisti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶