16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 00:10
Jamiyat 👁 770

XOTIN-QIZLAR OʻRTASIDA JINOYaT VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISh MASALALARIGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

XOTIN-QIZLAR OʻRTASIDA JINOYaT VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISh MASALALARIGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

Amudaryo tumanining Olmazor mahallasida tuman Ichki ishlar boʻlimi masʼullari tomonidan xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish tashkil etildi.

Mahalla hududidagi 82-maktabda boʻlib oʻtkazilgan ushbu yigʻilishda tuman Ichki ishlar boʻlimining Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori Inobat Oʻrozmatova, tergov guruhi tergovchisi Dilafroʻz Sharipova hamda hududga masʼul inspektor-psixolog, profilaktika inspektori, fuqarolar yigʻinining xotin-qizlar faoli, mahalla faollari, maktab oʻquvchi-qizlari qatnashishdi.

Yigʻilishda xotin-qizlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, ogʻir ijtimoiy ahvoldagi ayollarning muammolarini oʻrganish, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ushbu muammolarni ijobiy hal etish borasida tuman Ichki ishlar boʻlimining profilaktika inspektorlari hamda xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori tomonidan qator profilaktik tadbirlar amalga oshirilib kelinayotgani toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

Shuningdek, profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar tomonidan qayta huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishining oldini olish borasida ham ular bilan doimiy ravishda profilaktik suhbatlar oʻtkazilayotgani, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar belgilab olinib, muammolarining bartaraf etilishiga alohida ahamiyat qaratilayotgani taʼkidlandi.

Yigʻilish davomida joriy yilda tumanda yashovchi 23 nafar xotin-qizlar tomonidan 18 ta jinoyatlar sodir etilgani, ular orasida firibgarlik, oʻgʻirlik, oʻzlashtirish va rastrata, bezorilik, qoʻshmachilik va fohishaxona saqlash, yengil tan-jarohati yetkazish kabi turli jinoyatlar mavjudligi, shu qatorda xotin-qizlar bilan bogʻliq 480 ta maʼmuriy huquqbuzarliklar ham sodir etilgani toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Undan tashqari, mahallalarda “Xonadonbay” va “Fuqarobay” ish tizimi tashkil qilingani, buning natijasida oilaviy zoʻravonlik va tazyiq qurboniga aylangan xotin-qizlar aniqlanib, har biri bilan psixologik-profilaktik suhbatlar oʻtkazilayotgani, himoya orderlari bilan taʼminlash orqali ularning huquq va manfaatlari himoya qilinayotgani ham aytib oʻtildi.

Taʼkidlanganidek, tumanda tazyiq va zoʻravonlikka uchragan 109 ta xotin-qizlarga himoya orderlari berilgan hamda tuman Ichki ishlar boʻlimi tomonidan himoyaga olingan. Shunga qaramasdan himoya ostiga olingan xotin-qizlarga nisbatan qayta tazyiq va zoʻravonlik sodir etish holatlari qayd qilingan va himoya orderi talablari buzilgan. Ana shunday 3 ta holat boʻyicha huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Oʻtgan davr mobaynida fuqarolar yigʻinilari masʼullari, tuman Ichki ishlar boʻlimining profilaktika inspektorlari va xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori himoya orderi berilgan ayollar holidan muntazam ravishda xabar olib, doimiy profilaktik suhbatlar oʻtkazishgan.

Shuningdek, Probatsiya guruhi hisobida turib, jazo muddatni oʻtab kelayotgan xotin-qizlar bilan ham manzilli ishlar tashkil etilgan. Tazyiq va zoʻravonlik holatiga uchragan xotin-qizlar tan-jarohati bilan bogʻliq jinoyatlarning jabrlanuvchisi boʻlib qolishining oldini olish maqsadida bu boʻyicha yordam soʻrab murojaat qilganlarga tuman Ichki ishlar boʻlimi tomonidan himoya orderini berish ishlari yoʻlga qoʻyilgan.

Yigʻilish davomida Ichki ishlar boʻlimi inspektorlari xotin-qizlarga oʻz huquq va majburiyatlari, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari xususida ham batafsil huquqiy tushunchalar berishdi. Shuningdek, yigʻilishda ishtirok etgan xotin-qizlar ham oʻz navbatida savollar bilan murojaat qilib, qoniqarli javoblar oldilar va toʻliq maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Bu kabi profilaktik, targʻibot va tashviqot tadbirlar xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish, oʻz huquq va majburiyatlarini toʻliq anglab yetishlarida, turli qiynoq, tazyiq va zoʻravonliklardan himoya qilinishida, huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirishda katta ahamiyat kasb etadi.

O.Xudoyberganova.

2. Amudaryo tumanining Olmazor mahallasida tuman Ichki ishlar boʻlimi masʼullari tomonidan xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish tashkil etildi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019