BOTULIZIM KASALLIGINING OLDINI OLIŞGA DOIR MAXSUS-TAKTIK ÖQUV MAŞQI TAŞKIL ETILDI
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining Raisi – Fuqaro muhofazasi boşliğining şu yil 14-yanvar kunidagi “Respublika aholisini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş böyiça 2021-yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2022-yildagi vazifalar töğrisida” gi tegişli buyruğiga asosan amaliy maxsus-taktik öquv maşqi ötkazildi.
Joriy yilning 9-noyabr kuni “Oziq-ovqat mahsulotlaridan ommaviy zaharlanişlar bilan boğliq kasalliklarning oldini olişda FVDqT tegişli xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida taşkil etilgan mazkur tadbirda dastlab Durunki mahalla fuqarolar yiğini binosining majlislar zalida seminar ötkazildi.
Seminarni tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği örinbosari S.Berdekeyev oçib berdi. Seminar davomida tuman SEO va JS bölimi şifokori M.Amanqulov botulizm kasalligining kelib çiqiş sabablari hamda belgilari, uni davolaş usullari töğrisida tuşunçalar berdi. Şuningdek, yil davomida ovqatdan zaharlaniş holatidan şikoyat qilgan bemorlar orasida voyaga yetmagan yoşlar köpçilikni taşkil qilişi, bozorlardagi konserva mahsulotlarini xarid qilişda saqlaniş muddatiga eʼtibor qaratiş, uyda qölbola usulda pomidor va bodringlardan banka yopişda tozalikka amal qiliş, isteʼmol qilişdan oldin suvi, taʼmi va hidi özgarmaganligi, özgargan mahsulotlarni isteʼmol qilmaslik kabilar tuşuntirildi, öquv maşqi iştirokçilariga mavzuga oid eslatmalar tarqatildi.
Öquv maşqining amaliy qismida bozordagi qölbola usulda tayyorlangan tuzlangan mahsulotlardan isteʼmol qilgan fuqaroning öz uyida soğligi yomonlaşgani, tez tibbiy yordam çaqirilgani, botulizm kasalligiga gumon qilinib, tuman Tibbiyot birlaşmasiga olib ketilgani, bunday bemorga tibbiy muolaja qiliş tartibi körsatib berildi. Keyin SEO vaJSB xodimlari voqea joyini örganib, qölbola usulda tayyorlangan konserva mahsulotlardan namunalar olib laboratoriyada tekşirişdi. Şunga köra bozordagi sotuvçilar bilan profilaktik suhbatlar olib borilib, eslatmalar tarqatildi.
Öquv maşqiga jami 57 nafar fuqaro, 4 ta maxsus texnikalar jalb qilindi. Ötkazilgan tadbir natijalariga köra Durunki mahallasining fuqaro muhofazasi guruhlari “Çeklangan tayyor” deb baholandi.
H.Matyakubov, tuman FVB boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶