Isteʼdodli yoşlar Özbekistonning yorqin kelajagi
Bugungi yoşlar mustaqil Özbekistonimizning tayançi va kelajagi hisoblanadi. Har tomonlama kuçli, soğlom hamda maʼnaviy jihatdan yetuk yoş avlod Vatanimizning iftixori va faxridir.
Yoşlarning jamiyatda munosib örin egallaşga bölgan iştiyoqi va erişayotgan yutuqlari kişini quvontiradi. Ular özlarining kreativ ğoyalari, öziga xos loyihalari va aniq maqsadlari bilan taşabbus körsatib, yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qöşib kelmoqda.
Tumanimizning Olmazor mahallasida istiqomat qiluvçi Sevara Ismoilova ham mana şunday intiluvçan yoşlardan biri. Maktab öquvçisi vaqtidayoq ijod namunalari öquvçilarga manzur bölgan edi.
U hozirda Qoraqalpoq Davlat Universiteti qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti bitiruvçi kurs talabasi. Sevara şu kunga qadar 20 dan ziyod xalqaro hamda Respublika tanlovlarida muvaffaqiyatli qatnaşib, ğolib, sovrindor böldi. Xususan, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, "Seience box" MÇJ hamda Özbekiston innovatsion taʼlimni rivojlantiriş Asossatsiyasi taşabbusi bilan ötkazilgan "Uçinçi renessans yoşlari Nukusda" mavzusidagi ilmiy-amaliy 1-respublika köp tarmoqli onlayn konferentsiyasida "Jurnalistika sovremennoy informatsionnoy epoxi" mavzusidagi maqolasi uçun, Özbekiston Respublikasi oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi oliy taʼlimni rivojlantiriş tadqiqotlari va ilğor texnologiyalarni tatbiq etiş markazi tomonidan ötkazilgan "Oliy taʼlim islohotlari: yutuqlar, muammolar, yeçimlar" mavzusidagi respublika tanlovida qatnaşgani uçun maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Joriy yilda "Beş taşabbus olimpiadasi" doirasida ötkazilgan tanlovning adabiyot yönalişida tumanda ğolib bölib, Qoraqalpoğiston bosqiçida faol qatnaşdi. Şuningdek, Amudaryo televideniyesida yoşlarni maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalaşga qaratilgan mualliflik körsatuvlarini tayyorlab, tomoşabinlar eʼtiborini qozonmoqda. Uning şeʼr, hikoyalari "Taraqqiyot közgusi" , "Ğunçadan gullar oçilar" töplamlarida, Qoraqalpoğistondagi boşqa naşrlarda yoritilgan.
Şu yilning 24-25-sentyabr kunlari S.Ismoilova “Best Publication” Xalqaro ilmiy tadqiqotlar va yoşlarni qöllab-quvvatlaş markazi tomonidan taşkil etilgan “Taşabbuskor islohotçi” xalqaro tanlovida muvaffaqiyatli qatnaşib, ilmiy işi maʼqullandi va “Taşabbuskor islohotçi” kökrak nişoni, sertifikat, diplom, taşakkurnoma va qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi. Bugungi kunda yurtimizda yoşlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar kölami nihoyatda keng.
Yoşlardan faqatgina uşbu imkoniyatlardan samarali foydalaniş talab etiladi xolos. Ular istiqlolning eng baxtli farzandlari. Demak, oldinda ularni bundan-da, ulkan ğalabalar kutyapti.
Fotima Eşimbetova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶