25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 03:55
Maqolalar 👁 263

Shahzodalar ertakda boʻladi...(mi?)

Shahzodalar ertakda boʻladi...(mi?)

Muhabbat haqida koʻp yozasan, deyishadi menga. Oʻylab qarasam, haqiqatan shunday ekan. Bunday boʻlishi tabiiy. Axir inson – muhabbat mevasi.  Muhabbatsiz bir kuningizni tasavvur qilib koʻring...  Sizga har kuni:

– Oʻzingni ehtiyot qilgin, onasi, – deya "tanbeh" beradigan turmush oʻrtogʻingizni, faraz qiling, yoʻqotib qoʻydingiz. Aytaylik, qayergadir safarga ketdi. Sizga har kuni:

– Dadasi, qayerdasiz? Nima qilyapsiz? Ishdan kelishingizga nima ovqat qilib qoʻyay? – deya savollarga koʻmib tashlaydigan ayolingiz, sizdan bir kuni umuman xabar olmadi. Qoʻngʻiroqlaringizga ham javob bermadi. Jim-jit...

Menimcha, yaxshi koʻrgan insoningni yoʻqotishni tasavvur qilishning oʻzi bir qoʻrqinchli... Shoirona qilib aytadigan boʻlsam, muhabbat bu – dunyoning ustuni! Ammo ana shu ustunni barpo etish, kimningdir koʻnglidan joy olish, kimdir sening koʻnglingdan joy olishi va muhabbatning yaralishi qiziq-da.

Yaqinda menga bir notanish raqamdan qoʻngʻiroq boʻldi. Qoʻngʻiroqqa javob bermadim.  Telefon qoʻngʻiroqlari tinmadi. Nihoyatda bezor boʻlganimdan soʻng, goʻshakni koʻtardim. Notanish yigit mendan hol-ahvol soʻrab boʻlgach, maqsadga koʻchdi. Agar rozi boʻlsam, men bilan oila qurmoqchiligini aytdi. Oraga bir lahza jimlik choʻkdi. Va mening unga:

– Qanday qizni orzu qilasiz? – degan savolim oradagi jimlikni buzdi.  Yigit javob berdi:

– Oʻqigan. Uyim-joyim deydigan. Onam koʻp aytadi, oʻqigan, qoʻlida diplomi bor qizga uylansang, seni xor qilmaydi...

Uning oxirgi gaplarini eshitmasdan, telefonni qoʻyib qoʻydim. Zero, mening koʻnglimda va jamiki qizlarning qalbida bunday orsiz, tepsa-tebranmas "shahzoda"larga oʻrin yoʻq!

Yigitning soʻnggi soʻzlarini eshitib, bir kulging keladi, bir yigʻlaging. Oʻylab qoldim, kelajakdagi roʻzgʻorini xotinining boʻyniga moʻljallab, "diplomli malika" axtarib yurgan oriyatsiz yigitlar ham bor ekan-da. Savol tugʻiladi: kelajakni boʻlgʻusi kelin bolaga ishonib yurgan bu yigitning buguni qanday kechayotgan ekan?!  Xullas, shu tariqa "oq otli shahzoda"lar haqidagi xayollarim loyqalanib ketdi. Nazarimda, shahzodalar faqat ertakda boʻladiganday tuyuldi.

Ha, qizlarning qalbida oʻzi yaratib olgan "oq otli shahzoda"si borki, u barcha nuqsonlardan yiroq, mukammal shaxs. Unda hech qanday kamchilik yoʻq. U qizning talablariga toʻliq javob beradi. U mehribon. U hech kimga oʻxshamaydi... Mana uning xayoliy portreti. Boyagi yigitga oʻxshaganlar esa... Ularga soʻz uvol. Ularga umr uvol. Chunki haqiqiy muhabbatda manfaat boʻlmaydi. Agar manfaat bor boʻlsa, u muhabbat boʻlmaydi. Bu mening shaxsiy fikrim. Maʼqullashga majbur emassiz. "Diplomli malika" izlayotganlar, sizdan iltimos, birovning taqdiri bilan oʻynashmang. Chunki  kelajak birovning hisobiga  rejalashtirilmaydi. Gender tenglik bu – erkak va ayol oldidagi teng imkoniyatlar degani. Oʻzaro teng huquqlilik degani. Oilada er-xotinning oʻz vakolatlari va vazifalari bor. Eng muhimi, vakolatlar almashib qolmasa boʻldi...

 Yuqoridagi gaplar hamma yigitlarga tegishli emas, gap egasini topadi.

Yashiringul.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026