YuKSAK EʼTIROF YaNGI MARRALARGA ÇORLAYDI
Erkin va ozod mamlakatda yaşab, mehnat qilsang, mehnatlaring munosib baholansa - bu ulkan baxt! Buni men öz hayotimda boşimdan keçirmoqdaman. 1 dekabr kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesida bölib ötgan tantanali yiğilişda mamlakatimiz mustaqilligining 23 yilligi munosabati bilan mehnatda alohida örnak körsatgani uçun mukofotlanganlarga davlatimizning yuksak mukofotlarini topşiriş marosimi bölib ötdi.
Ularning safida bizning tumanimizdan "Mehnat şuhrati” ordeni bilan mukofotlangan tumanimiz hokimi Rajabboy Yöldoşev, "Şuhrat” medali sohibi bölgan Otaxon Qurboniyozovlar qatori menga ham "Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan pillakor” Faxriy unvoni tantanali ravişda topşirildi. Şuningdek, tuman prokurori Farhod Allambergenov hamda tuman IIB boşliği Omonboy Örinboyevlarga esa Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining faxriy yorliği topşirildi.
-Eng quvonarlisi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Prezidiumining qarori bilan Respublikamiz qişloq xöjaligini rivojlantirişdagi samarali mehnatlari, sohada amalga oşirilayotgan islohotlarni jadallaştirişdagi taşabbuskorligi, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga qöşgan salmoqli hissalari va 2014-yilgi paxta topşiriş böyiça yillik şartnomani bajarişdagi fidokorona xizmatlari uçun Amudaryo tumani hokimligi Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining Faxriy yorliği bilan mukofotlandi. Bu eʼtirof nafaqat qişloq xöjaligi sohasi xodimlarini, balki har bir amudaryolik qalbini ğurur-iftixorga töldiradi.
Biz şu muhtaşam majlisxonada ötirib, kelgusida yanada uluğvor işlarga özimizni çoğladik. Kuçimizga kuç qöşilganday böldi. Bu kuç-ğayratimizni kelgusida tumanimizning yanada ravnaq topişiga safarbar etamiz.
Gulsaur NAĞMETOVA,
Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan pillakor.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶