24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 09:31
Jamiyat 👁 403

Qilichboy ovulida sodir etilgan ayanchli jinoyat barchani sergaklikka chorlashi kerak

Qilichboy ovulida sodir etilgan ayanchli jinoyat barchani sergaklikka chorlashi kerak

Mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida tizimli ishlar qilinmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati isloh qilinib, jinoyatdan xoli qishloq va mahallalar soni ortib bormoqda.

Ammo, endilikda Amudaryo tumanining Qilichboy ovuli bunday mahallalar roʻyxatiga kirmaydi. Shu yilning 25-sentyabr kuni ovul hududida yuz bergan ogʻir jinoyat barchani chuqur qaygʻuga soldi va ogohlikka chorladi.

Bu mudhish voqeaning ertasigayoq jinoyatning sabablarini oʻrganish hamda kelajakda bunday holatlar sodir boʻlishining oldini olish maqsadida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri podpolkovnik Baxtiyar Toʻrebekov, huquq-tartibot organlari masʼullari hamda ovul aholisi vakillari ishtirok etishdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi Axborot xizmatining maʼlumotlariga koʻra, 25-sentyabr kuni Qilichboy ovuli hududda yashovchi er-xotin (fuqarolar Ye.M hamda T.D) oʻrtasida kelishmovchilik kelib chiqishi oqibatida janjal yuzaga kelgan. Natijada ayol oshxona pichogʻi bilan erining koʻkrak qafasiga urib, ogʻir tan jarohati yetkazgan. Shundan soʻng jabrlanuvchi tuman tez tibbiy yordam boʻlimiga olib kelingan va shu yerda vafot etgan. Yuz bergan voqea boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yigʻilishda bunday ayanchli holatning sodir etilish sabablariga batafsil toʻxtab oʻtildi. Taʼkidlanganidek, aksariyat hollarda oilaviy tushunmovchiliklar sababli yuzaga kelgan kelishmovchiliklar oqibatida oʻzaro nizolar kelib chiqmoqda. Yosh qizlar va ayollar oʻrtasida jinoyatchilik darajasi ortib borayotgani esa yanada achinarli holdir. Oilaviy nizolar asosan rashk va xiyonat, ichkilikbozlik illati oqibatida kelib chiqmoqda.

Yigʻilishda ayollarning jinoyat koʻchasiga kirishida turmushda uchrovchi baʼzi qiyinchiliklar, ertangi kunga ishonchsizlik, hayotning yangi sinovlariga chiday olmaslik, yaʼni ularning irodasizligi shuningdek, oilaviy munosabatlarning susayishi, er-xotin va bolalar oʻrtasidagi ruhiy munosabatning buzilishi hamda ayolning oila aʼzolari va turmush oʻrtogʻi oldidagi majburiyatlarini unutib qoʻyayotganligi asosiy sabablardan biri sifatida koʻrsatib oʻtildi.

Yigʻilishda jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan muhim chora-tadbirlar belgilab olindi.

Jumladan, ayol-qizlar bilan tizimli ravishda ishlashish, ular bilan doimiy ravishda muloqotni yoʻlga qoʻyish, jinoyatga jazo muqarrar ekanligini tushuntirish uchun targʻibot tadbirlarini kuchaytirish lozimligi aytib oʻtildi.

Shuningdek, jinoyatlar ruhiy tushkunlikka tushib qolgan ayol-qizlar oʻrtasida sodir etilish holatlari koʻproq kuzatilgani hisobga olinib, ayollarning psixolog bilan suhbatlarini doimiy ravishda tashkillashtirish lozimligi taʼkidlandi. Undan tashqari, ayollar bandligi taʼminlash muhim masalalardan biri ekanligiga alohida urgʻu berib oʻtildi.

Haqiqatdan ham, er-xotin kun davomida ish bilan band boʻlib, biror faoliyat bilan shugʻullansa, oilada kelib chiqadigan kelishmovchiliklarga ham vaqt qolmaydi.

Yigʻilishda tuman Ichki ishlar boʻlimi masʼullariga, mahalla raislariga, xotin-qizlar faollariga bu borada muhim topshiriqlar berildi.

Ayol – jamiyatning ustuni, Vatanimiz kelajagi boʻlmish yosh avlodning asosiy tarbiyachisidir. Hech bir ayol oʻzi xohlab jinoyatga qoʻl urmaydi. Aksariyat hollarda yillar davomida yigʻilgan muammolar, ruhiy zarbalar uni shunga majbur qiladi.

Qilichboy ovulida sodir etilgan mudhish jinoyat ham barchani sergaklikka, ogohlikka chorladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026