Amudaryolik sahovatpeşa fermer — "Örozboyev Uluğbek" fermer xöjaligi raisi Uluğbek Örozboyev kam taʼminlangan 200 ta oilaga jami 10 tonna buğdoy tarqatdi
Xayr va sahovat insonni uluğlab, har ikki dunyoda ham ajru savobga sazovor etişi haqida köplab hadislar, xalq orasida maqollar va rivoyatlar bor. Islom dinida möminning eng uluğ sifatlaridan biri xayr va saxovat ekaniga işora qilinadi.
Davlatimiz rahbarining taşabbusi bilan aholini ijtimoiy himoya qiliş, ehtiyojmand oilalarni moddiy qöllab-quvvatlaş işlari doimiy kun tartibidagi masalalarga aylangan.
Aholi muammolarini aniqlaş va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar rzyxatini şakllantiriş, ularga har tomonlama, manzilli kömak körsatiş maqsadida yirik ijtimoiy dasturlar - “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari” tizimlari yaratildi. Ötgan vaqt davomida birgina “Temir daftar” orqali fuqarolar yiğini hamda sektorlar tomonidan aholining ehtiyojmand qatlamlari hisobga olinib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holati örganildi. Şu bilan birga, aholini kambağallikdan çiqariş, ular bilan manzilli va maqsadli iş olib borişga doir muhim qadamlar qöyildi.
Davlatimiz va hukumatimizning bu kabi insonparvar siyosatidan amudaryolik sahovatpeşa tadbirkorlar ham örnak olişmoqda. Şunday sahiy işbilarmonlardan biri tumanimizning Dörman ovulida fermer xöjaligini taşkil qilib, yerdan möl hosil va daromad olayotgan fermer Uluğbek Örozboyev tuman Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş bölimiga taşabbus bilan murojaat qildi. Fermer xöjaligi dalalarida yetiştirilgan buğdoyning bir qismi – 10 tonnasi ehtiyojmand oilalarga tarqatildi.
24-sentyabr kuni tumanning barça ovul va mahallalarida yaşovçi ehtiyojmand, ijtimoiy himoya daftalariga kiritilgan 200 ta oilalarning vakillari tuman Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş bölimiga taklif qilindi. Ularning har biriga bir qop – 50 kilogrammdan buğdoy tarqatildi.
Islom dinimiz taʼlimotiga köra ehson qiliş eng savobli amallardan sanaladi. Qurʼoni Karimda ehsonning fazilati zikr qilinib, ehson qiluvçilarga beriladigan savob-mukofotlar ham bayon etilgan. “Alloh yölida mollarini ehson qiluvçilar (savobining) misoli göyo bir donga öxşaydiki, u har bir boşoğida yuztadan doni bölgan yettita boşoqni undirib çiqaradi. Alloh xohlagan kişilarga (savobini) yanada köpaytirib beradi. Alloh (karami) keng va bilimdon zotdir”.
Alloh taolo bu misoli bilan qilingan bittagina ehson evaziga bitta emas, balki, yetti yuz va undan ortiq savob ato etişi mumkinligini bildirmoqda.
Ehson qiluvçi kişi bu ehsoni evaziga faqatgina oxiratda ajr olibgina qolmay, bu dunyoda ham mukofotlarga ega böladi. Muhtojlarga xayr-saxovat qiliş insonlar örtasida mehr-oqibat riştalarini yanada mustahkam boğlanişiga, jamiyatda özaro hurmat va totuvlik hislarini ortişiga, dunyoviy işlarini rivoj topişiga xizmat qiladi. Qolaversa, kimningdir oğirini yengil qiliş, unga yaxşilik ulaşiş insonni maʼnan yetuklikka eltuvçi asosiy köprikdir.
Tilagimiz – elimizda Uluğbek Örozboyevdek sahovatpeşa, qöli oçiq tadbirkorlar va işbilarmonlar köpayaversin!
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶