“Öqituvçilarni yangi zamonaviy metodlarga örgatiş” mavzusida seminar-trening bölib ötdi
2021-2022 öquv yilida Xalq taʼlimi Vazirligi tomonidan öqituvçilar salohiyatini yanada yuksaltiriş maqsadida yangi öquv metodikasi işlab çiqildi. Uşbu öquv metodikasida zamonaviy metodlarlarni dars jarayoniga tadbiq etiş, baholaş tizimida eʼtibor qaratilişi lozim bölgan jihatlar, dars jarayonini taşkil etişning interaktiv usullari, öquvçini mustaqil fikrlaşga, izlanişga undovçi maşqlar va didaktik öyinlar haqida keng turda maʼlumotlar berilgan.
13-sentyabr kuni Amudaryo tumanidagi 18-sonli umumtaʼlim maktabida yangidan joriy qilingan öquv metodikasini dars jarayoniga samarali tarzda joriy qiliş maqsadida seminar-trening bölib ötdi.
Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi pedagoglarni yangi metodlarga örgatiş milliy markazi masʼul xodimlari Abduğaniy Yesnazarov, Ayzada Maşaripova, Ella Sulletbayeva hamda 18-sonli maktabning pedagog-öqituvçilari iştirok etişdi.
Seminarda 18-sonli maktabning kimyo fani öqituvçisi Sayotxan Bekimbetova hamda 16-sonli maktabning biologiya fani öqituvçisi Nargiza Dösimovalar trenerlik qilişdi.
Seminar davomida trenerlar, zamonaviy ilğor metodikalar asosida dars ötişning innovatsion usullari haqida maʼlumot berdilar.
Jumladan, dars jarayonida taʼlim oluvçilarni yanada faollaştiradigan metodlar bilan boyitiş, öquv-materialini kiçik-kiçik bölaklarga bölib, ularning mazmunini oçişda “Aqliy hujum”, “Kiçik guruhlarda işlaş”, “Bahs-munozara”, “Muammoli vaziyat”, “Yönaltiruvçi matnli loyiha”, “Rolli öyinlar” kabi metodlarni qöllaş va taʼlim oluvçilarni amaliy maşqlarni mustaqil bajarişga undaş kabi masalalarga töxtab ötildi.
Darhaqiqat, uşbu interfaol metodlar qöllanilganda taʼlim beruvçi taʼlim oluvçini faol iştirok etişga çorlaydi. Öquvçi butun jarayon davomida faol iştirok etadi.
Seminarda “Kiçik guruhlarda işlaş”, “Debatlar”, “Tanqidiy taşafakkur”, “Nuqtai nazaring bölsin”, “har kim har kimga örgatadi”, “Bingo”, “Bumerang” metodlari haqida keng turda maʼlumotlar berildi va amalda qöllab körsatildi.
Ayniqsa, “Tanqidiy tafakkur” metodining avzalligi, öqituvçi qöygan masala yoki muammoni öquvçi öz fikrini bayon qiliş, özgalarning fikrlarini tanqidiy qayta idrok etiş, öz nuqtai nazarini asoslab beriş va saqlab qoliş imkoniyatiga ega bölişiga asoslanişida namoyon böladi. Bu esa dars jarayonining qiziqarli va samarali taşkil etilişida muhim örin tutadi.
Qolaversa, didaktik öyinlar va interfaol metodlar orqali öquvçilarda taşkilotçi va taşabbuskor böliş, özaro bir-biriga hurmat, hayrihohlik, yordam körsatiş, faollik, ijodkorlik kabi hislatlar şakllanadi.
Bugungi kunda taʼlim tizimida öz özini tarbiyalaydigan, mustaqil izlanuvçan, özining şaxsiy fikriga ega öquvçilarni tarbiyalaş muhim vazifa hisoblanadi. Şu maʼnoda, taʼlim tizimiga tadbiq etiladigan mazkur metodlar ana şu maqsad va vazifalarni amalga oşirişga yaqindan yordam berişi bilan ahamiyatlidir.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶