“BEŞ TAŞABBUS OLIMPIADASI” MUSOBAQALARINING IKKINÇI MAVSUMIGA START BERILDI
Mamlakatimizda “Beş taşabbus olimpiadasi” nomi bilan yoşlar, ösmirlar orasida madaniyat, sanʼat, sport, kitobxonlik, IT kabi 14 ta yönalişlarda ötkazilayotgan musobaqalar, aytiş joizki, barça yoşlarni beeʼtibor qoldirmadi. Musobaqalarning ilk mavsumida mamlakat böyiça 6 milliondan ortiq iştirokçilar qatnaşgani va öz iqtidorlarini sinovdan ötkazgani buni dalillab turibdi.
Şu yilning 10-sentyabridan mamlakatimiz böylab beş bosqiçli “Beş taşabbus olimpiadasi”ning ikkinçi mavsumiga start berildi va unda ilk bosqiçdagi barça musobaqalardan taşqari sportning kuraş turi ham örin olgan. Ikkinçi mavsum ham mahalla-sektor-tuman-hudud-respublika boqiçida ötkaziladi.
10-sentyabr kuni Amudaryo tumanida ham ikkinçi mavsum musobaqalariga start berildi. Sport maktabining Çordara mahallasidagi sport zalida şu munosabat bilan tadbir taşkil etildi. Unda Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği Sardor Ismoilov, bölim beş taşabbus olimpiadasini muvofiqlaştiriş böyiça mutaxassisi Javohir Örozboyev, sport sohasi masʼullari va murabbiylar, mahallalar yoşlar yetakçilari iştirok etdilar.
Sardor Ismoilov “Beş taşabbus olimpiadasi” ikkinçi mavsumi doirasida stol tennisi musobaqalarining boşlanişi bilan barçani qutladi va bellaşuvga çiqayotgan Yangiobod, Çordara, Durunki, Boyovul mahallalari tennisçilariga omadlar tiladi. Mazkur musobaqalarning ilk mavsumida tumanimiz yoşlari muvaffaqiyatli iştirok etişganini eʼtirof etdi va joriy mavsumda bu yutuqlar yana ham köpayişiga umid bildirdi.
Maʼlumot uçun: uşbu musobaqaning ilk mavsumidagi uçta – yaʼni mahalla-sektor-tuman bosqiçlarida tumanimizning 27 mingdan ortiq intiluvçan va iqtidorli yoşlari iştirok etib, şularning 144 nafari Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida iqtidorlarini sinovdan ötkazişdi va 41 nafar yoşlar ğolib va sovrindor bölişdi.
Dörman ovulida istiqomat qiluvçi Örinboyevlar oilasi “Yoş kitobxon oila” yönalişida mutloq ğoliblikni qölga kiritib, Prezident sovğasi – “Spark” avtomobili bilan mukofotlangan edi.
“Beş taşabbus olimpiadasi” musobaqalarining ikkinçi mavsumi sportning stol tennisi turi bilan boşlandi. Çordara, Durunki, Boyovul, Yangiobod mahallalari sportçilari örtasidagi bellaşuvlar şiddatli va qizğin keçdi. Barça yoşlar ğoliblik uçun astoydil intildilar va mahallasi sport şarafini yuksaltirişga harakat qildilar.
Yurtimizda yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş maqsadida ularni kitobxonlik, madaniyat va sanʼat, intellektual öyinlar, axborot texnologiyalari va sport turlariga keng jalb etiş böyiça ötkazilayotgan “Beş taşabbus olimpiadasi” musobaqalarining ikkinçi mavsumini uyuşqoqlik bilan namunali tarzda ötkazilişi uçun barça çora-tadbirlar körilgan.
Musobaqalar tumanimizning iqtidorli va salohiyatli yoşlari, mohir sportçilari aniqlanişiga xizmat qiladi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶