MANZIL-MAʼLUMOT AXBOROTLARINI OLISh TARTIBI SODDALAShTIRILDI
Manzil-maʼlumot axborotlari – fuqaroning doimiy propiskada turganligi, propiskadan chiqqanligi, turgan joyi boʻyicha hisobga olinganligi, vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtganligi, shuningdek, boshqa maʼlumot mavjud emasligi haqidagi maʼlumotlar majmuidir. Ushbu maʼlumotlarni olish tartibini soddalashtirish uchun davlat xizmatlarini koʻrsatishda zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni tubdan qisqartirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Fuqarolarning manzil-maʼlumot axborotlari haqidagi maʼlumotnomalarni olish boʻ-yicha davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Manzil-maʼlumot byurolari tomonidan koʻrsatiladi.
Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun Respublika Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, Respublika Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etgan taqdirda esa mustaqil ravishda soʻrovnoma toʻldiradi.
Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng, ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchilar faqat oʻzlariga tegishli manzil-maʼlumot axborotlarini olishlari mumkin.
Sarvar HAYTBOYeV,
tuman Davlat xizmatlar markazi boʻlim boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶