TAʼQIQLANGAN EKIN YeTIShTIRGAN GIYoHVAND JAZOGA TORTILDI
Taʼqiqlangan ekinlarni, yaʼni koʻknor yoki moylikoʻknor, kanabis oʻsimligi yoxud tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar boʻlgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish yoki yetishtirish jinoyat hisoblanadi. Bunday holat aniqlangan taqdirda darhol qonuniy chora koʻriladi.
Tumandagi ovullardan birida yashovchi K.S. (ismlar oʻzgartirilgan) giyohvandlikka berildi-yu, dardi dunyosi faqat shu zahri qotilga yetishish bilan band boʻlib qoldi. Qayerdandir qoʻliga tushib qolgan 10 dona “Marixuana” oʻsimligi urugʻlarini oʻzi isteʼmol qilish uchun xonadonining tomorqa yeri chekkasidagi koʻzga tashlanmaydigan joyiga ekkan edi, faqat 3 tup oʻsimlik unib chiqdi. U bu oʻtkir hidli oʻsimlikning nimaligini hech kimga aytmasdan astoydil parvarishladi. Ammo u yetishtirgan oʻsimligining “hosili”ni yigʻishga ulgurmasidan Ichki ishlar xodimlari tomonidan qoʻlga olindi va tomorqa yerining 100 kv/m. oʻlchamdagi qismiga, 3 tup 148,43 gramm taʼqiqlangan ekin hisoblangan, tarkibida giyohvand moddasi boʻlgan “Kandir” (Cannabis sativa) giyohvandlik oʻsimligini qonunga xilof ravishda ekib parvarishlagani uchun javobgarlikka tortildi.
Giyohvandlik kasalligiga chalingan, taʼqiqlangan boʻlishiga qaramasdan yashirin tarzda giyohvand moddasi mavjud boʻlgan oʻsimlik yetishtirgan K.S. qonunga muvofiq jazolandi.
S.Davletmuradov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi sudyasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶