TIL - MILLAT KELAJAGI
Har bir xalq farzandining millati avvalotilidan bilinadi. Til – millat koʻrki. Oʻzbek tilining jozibadorligi doimo meni maftun qilib kelgan. Yozgi dam olishda bolalar oromgohida boʻlganimda ham bu tuygʻu menda faxr uygʻotdi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, oʻzbek tiliga davlat maqomi berildi. Maktabimizda har yili 21-oktyabrni ona tili bayrami sifatida keng nishonlaymiz.
Yaqinda maktabning "Ilhom” toʻgaragi aʼzolari va 8-sinf oʻquvchilari ishtirokida bayram tadbiri oʻtkazildi. Tadbirdaoʻquvchilar tomonidan "Ona tili” siymosi, soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy va shu tilda goʻzal sheʼrlar yozgan Zahiriddin Muhammad Bobur siymolari gavdalantirildi. Ona tili toʻgʻrisida hikmatli soʻzlar, maqol, matallar, sheʼrlar aytildi. Hadis saboqlaridan namunalar oʻqildi. "Toʻlqin” toʻgaragi aʼzolari tomonidan kuy qoʻshiqlar ijro qilindi.
Tadbirda oʻquvchilardan N.Shomurodov, Sh.Oʻrazimbetova, H.Tursunboyev, Sh.Qoʻchqorov, S.Komiljonova, G.Gulmirzayeva tomonidan ijro qilingan sheʼrlar, hikmatli soʻzlar diqqatga sazovor boʻldi. 8-sinf oʻquvchisi Oynura Jiyamurodova ona tili haqida yozgan sheʼrlarini oʻqib berdi.
Tadbir esda qolarli darajada sermazmun oʻtdi.
Muyassar OʻRAZMATOVA,
41-maktabning
"Yosh muxbir” toʻgaragi aʼzosi, 7-sinf oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶