“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga zarur ish qurollari berildi
Maʼlumki, yurtimizda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, muammolarini hal etish, bandligini taʼminlash, kasbga oʻqitish maqsadida moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalar roʻyxati, yaʼni “Temir daftar”, yoshlar hayotiga oid muammolarni tizimli oʻrganish va ularni ijobiy hal etishga qaratilgan “Yoshlar daftari” va ayol-qizlar hayotini yaxshilashga koʻmaklashish maqsadida “Ayollar daftari” shakllantirilgan.
Butun mamlakatimizda boʻlgani kabi Amudaryo tumanida ham aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash, ularni kambagʻallikdan chiqarish, kasb-hunarga oʻqitish, imtiyozli bank kreditlarini olib, oʻz tadbirkorlik faoliyatlarini yoʻlga qoʻyishlarida yaqindan yordam berish maqsadida manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada tumanda faoliyat olib borayotgan 4 ta sektor rahbarlari tomonidan amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar tufayli koʻplab oilalar amaliy yordamlar koʻrsatilgan holda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” roʻyxatlaridan chiqarilib, farovonligi taʼminlanmoqda.
Ayniqsa, ertangi kun egalari boʻlgan yoshlarni har tomonlama qoʻllab- qoʻvvatlash, muammolarini hal qilish maqsadida joriy etilgan “Yoshlar daftari” da turuvchi yoshlarga alohida eʼtibor karatib kelinmoqda.
24-avgust kuni Olmazor mahallasi hududidagi 82-sonli umumtaʼlim maktabi binosi oldida 4 ta sektor rahbari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan oilalar farzandlarining bandligini taʼminlash maqsadida subsidiya asosida 20 ta tikuv mashinasi, 10 ta payvandlash uskunasi, hamda payvanlash ishlarida zarur boʻladigan 20 ta asbob-uskunalar berildi.
Tadbirda tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sultonboy Yoʻldashev, mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash, ularning ish bilan bandligini taʼminlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning muammolarini hal etish borasida belgilangan chora-tadbir, ustuvor vazifalarga batafsil toʻxtalib oʻtdi.
2-sektor rahbari, tuman prokurori Aziz Roʻzmetov “Yoshlar daftari” roʻyxatiga kiritilgan yoshlar bilan manzilli ishlash boʻyicha erishilayotgan yutuqlar, koʻplab yoshlarning oʻzini-oʻzi band qilish tamoyili asosida ish yuritib, oilasi farovonligiga hissa qoʻshayotganligini eʼtirof etdi.
3-sektor rahbari, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Muxammetali Xojamuratov yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar haqida aytib, yoshlarni oʻqib, bilim olishga, shijoat bilan olgʻa intilishga undadi.
4-sektor rahbari Aydos Seyitov esa yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishlarida yoshlar yetakchilari tomonidan oʻtkazilayotgan turli tadbirlar, sport bellashuvlari oʻzining ijobiy natijasini berib kelayotganini, ayniqsa, ushbu tadbirlarda faol qatnashgan yosh oilalardan biri Oʻrinboyevlar oilasi “Eng yosh kitobxon oila” tanlovining mutloq gʻolibi boʻlganini aytib, yoshlarni jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol boʻlishga chaqirdi.
Shuningdek, tadbir davomida tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov tumanda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan manzilli ishlar haqida toʻxtalib, yoshlarni tikuv mashinalari, payvandlash uskunalaridan samarali foydalangan holda daromad topib, oilasi farovonligiga hissa qoʻshishga chaqirdi.
Tadbirda “Yoshlar daftari” roʻyxatiga kiritilgan yoshlar tuman hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimiga oʻzlariga koʻrsatilayotgan begʻaraz yordamlar uchun minnatdorlik bildirishib, bundan keyin samarali faoliyat yuritajaklarini va albatta, Vatanimiz taraqqiyoti hamda xalqimiz turmushining yanada farovon boʻlishiga hissa qoʻshishlarini aytib oʻtdilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶