24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 10:49
Jamiyat 👁 306

Amudaryolik hoji otaxon va onaxonlar ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi

Amudaryolik hoji otaxon va onaxonlar ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi

8-avgust kuni Amudaryo tumani Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi binosida hoji ota va hoji onalar, masjid imom-xatiblari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Nurulla Jamalov, tuman boʻlimi mutaxassisi Muzaffar Sherimbetov, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-qoʻvvatlash boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Duysenbayev, tuman bosh imom-xatibi Abdurahmon Matsapayevlar hamda haj ziyoratini ado qilib kelgan hoji otaxon va onaxonlar ishtirok etishdi.

Haj − musulmonning irodasini, ixlosini, taqvosini, iymonini imtihon qiluvchi masʼuliyatli va mashaqqatli ibodatdir. Haj − Allohning roziligini topish, Undan gunohlar magʻfiratini soʻrashning eng qulay imkoniyatidir. U tavba-tazarruning, poklanishning, Allohga qurbat hosil qilish va Uning jannatiga erishishning vositasidir.

Yaqinda 25 nafar amudaryolik hoji ota va hoji onalar dunyodagi millionlab dindoshlarimiz qatori tabarruk yurtga borib, zimmalaridagi Allohning farzini bajarib qaytishdi.

Uchrashuvda tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-qoʻvvatlash boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Duysenbayev hojilarni oʻz zimmaridagi muborak farzni ado etib, arkonlarni toʻliq bajarib qaytganliklari bilan samimiy tabrikladi.

Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Nurulla Jamalov barcha hojilarga ziyoratlari qabul boʻlishini, bundan 6 ming yil avval Alloh taoloning amriga koʻra “paygʻambarlar otasi” Ibrohim alayhissalom va uning oʻgʻli Ismoil alayhissalom bino qilgan Kaʼbani 7 bora aylanib tavof qilish baxtiga muyassar boʻlib qaytganliklari bilan muborakbod etdi.

Uchrashuv davomida soʻzga chiqqanlar, muqaddas safar davomida gunohlarining magʻfirat qilinishini, yurtimizga, xalqimizga ravnaq va omonlik tilab duoi xayrlar qilishganini aytib oʻtishdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida hojilarga mahallalardagi tarbiyasi ogʻir yoshlar bilan ishlashish, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, hamda har bir hojini bir mahallaga biriktirish boʻyicha fikr-mulohazalar almashildi.

Darhaqiqat, oilaviy ajrimlarning oldini olishda, yoshlarning buzgʻunchi gʻoyalar taʼsiriga tushib, har xil yot mafkuralarga aldanib qolmasliklarida hoji ota va hoji onalar tomonidan mahallalarda olib boriladigan tushuntirish-targʻibot ishlari katta ahamiyatga ega.

Ular oʻzlarining boy hayotiy tajribalari, oʻgit-nasihatlari, hamda muqaddas hadislardan misollar keltirib, yoshlarga maʼnaviyat va maʼrifat ulashadilar.

Qolaversa, shiddat bilan rivojlanib borayotgan axborot asrida yoshlarning din mazmun-mohiyatini yaxshi tushunmay, turli aqidaparastlarga aldanib qolmasliklarida ham hoji ota va onalar tomonidan beriladigan diniy bilimlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Uchrashuv yakunida hojilar, imom-xatiblar, mahallalardagi nuroniylarning hamkorlikda ish olib borib, yoshlar tarbiyasi bilan shugʻullanishlari hamda oilalardagi muhitni sogʻlomlashtirish boʻyicha muhim vazifalar belgilab olindi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026