14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 11:09
Iqtisodiyot 👁 387

“Tashabbusli byudjet” loyihasida gʻolib boʻlgan takliflar ijrosi taʼminlanmoqda

“Tashabbusli byudjet” loyihasida gʻolib boʻlgan takliflar ijrosi taʼminlanmoqda

“Tashabbusli byudjet” loyihasi joylardagi ijtimoiy muammolarni yechishda aholini birlashishga, jamoaviy qarorlar qabul qilishga oʻrgatmoqda. Qolaversa, bu jamoatchilik nazoratining kuchayishiga, mahalliy deputatlarning faollashuviga hamda davlat byudjetidan ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishiga ham xizmat qilmoqda.

Amudaryo tumanida ham fuqarolar “Tashabbusli byudjet” jarayonida faol ishtirok etishdi. 1-bosqichda fuqarolar tomonidan kiritilgan jami 11 ta taklif gʻolib deb topildi. Bugungi kunda loyiha doirasida gʻolib boʻlgan takliflar ijrosi taʼminlanib, qurilish, taʼmirlash ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda.

Toʻlqin ovuli aholisi ovul hududdagi 33-sonli maktabga farzandlarining xavfsiz borib-kelishlari uchun piyodalar yoʻlakchasini qurish taklifini bildirishib, bir yoqadan bosh chiqargan holda “Tashabbusli byudjet” jarayonida faol ishtirok etishdi va ushbu loyiha gʻolib deb topildi.

Bugungi kunda piyodalar yoʻlakchasini qurish ishlari “Jayxun master stroy” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 63 foizga bajarildi. Qurilish ishlariga jami 300 mln. soʻm miqdorida mablagʻ ajratilgan boʻlib, quruvchilar piyodalar yoʻlakchasini mustaqilligimizning 31-yilligi arafasida qurib bitkazishni rejalashtirganlar.

Shuningdek, tumanning Tor yop mahallasida istiqomat qiluvchi aholi ham jarayonda faol ishtirok etishib, mahalla hududidan oʻtuvchi 2,2 km uzunlikdagi Tor yop – Qilichboy avtomobil yoʻliga asfalt qoplama yotqizish taklifini bildirishdi va ovoz berish jarayonida faol ishtirok etishdi. Mazkur loyiha ham gʻolib deb topilib, bugungi kunga qadar Beruniy tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan taʼmirlash ishlari 60 foizga bajarildi.

Undan tashqari, mahalla hududidagi Dehqonbirlik koʻchasining 1 km qismini avval tuproq bilan koʻtarish va keyin tosh yotqizish taklifi ham koʻp ovoz toʻplagani sababli tuman mahalliy byudjetidan moliyalashtirildi. 200 mln. soʻm mablagʻ evaziga “Toʻliboy-Yoʻldosh-Sherman” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan bu ishlar sifatli tarzda yakuniga yetkazildi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, “Tashabbusli byudjet” loyihasi aholining ijtimoiy muammolarini yechishning yagona yoʻli boʻlmasa ham, odamlarni uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan ijtimoiy muammolarni hal etishda muhim vosita boʻlmoqda.

Byudjet ochiqligini taʼminlash borasidagi islohotlarning amaliyotga joriy etilishi birinchidan, davlat byudjetining samarali ishlatilishini taʼminlasa, ikkinchidan jamoat nazoratining kuchayishiga xizmat qiladi. Uchinchidan esa fuqarolar yordamida uzoq yillardan beri hal boʻlmayotgan ijtimoiy muammolarni aniqlash va yechilishini taʼminlash imkoniyat yaratiladi.

Byudjet ochiqligini taʼminlashning yana bir muhim jihati shundaki, jamoatchilik oʻzi bildirgan va ovoz bergan taklifning moliyalashtirilishi va ishlarning sifatli bajarilishini nazorat qiladi. Bu esa pudratchi tashkilotlar tomonidan byudjet mablagʻlarining talon-taroj qilinishiga jiddiy toʻsiq boʻladi.

Shuning uchun aholining turmush farovonligini taʼminlash, ijtimoiy muammolarini hal etish, ularga munosib yashash sharoitlarini yaratish maqsadida byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarni taqsimlash jarayonida fuqarolarimiz ishtirokini kengroq taʼminlanish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019