21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 18:59
Salomatlik 👁 335

TIBBIYoT BIRLAShMASIDA SOHADAGI VAZIFALAR IJROSINI TAʼMINLASh BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI

TIBBIYoT BIRLAShMASIDA SOHADAGI VAZIFALAR IJROSINI TAʼMINLASh BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI

Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida shu yil 17-iyun kungi kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Elmira Bositxonova ishtirokida oʻtkazilgan mazkur yigʻilishni Birlashma boshligʻi Farhod Abdullayev olib bordi. Unda Beruniy, Toʻrtkoʻl, Ellikqalʼa tumanlari Tibbiyot birlashmalarining Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari mudirlari, Tibbiyot birlashmalari boshliqlarining Onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha oʻrinbosarlari, bosh shifokor oʻrinbosarlari, bosh akusher-ginekologlari va Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy poliklinikalar, Markaziy shifoxona boʻlim mudirlari, tor doiradagi mutaxassislar ishtirok etishdi.

Kun tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 17-iyun kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash, bu boʻyicha har bir tuman uchun “Yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va tasdiqlash masalalari koʻrildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Elmira Bositxonova soʻzga chiqdi. Shuningdek, Prezident rahbarligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi bayonnomasida belgilangan bandlar yuzasidan interfaol usulda keng va batafsil tushunchalar berildi. Undan tashqari, onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatini 2022-23-yillarda yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish borasida bajarilishi lozim boʻlgan vazifalarga keng toʻxtalib oʻtildi.

Taʼkidlanganidek, koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda bolalarni ommaviy skrining qilish va selektiv yoʻllar bilan onkogemotologik kasalliklarni erta aniqlash, Ayollar maslahat xonalari va tugʻruq muassasalari hamda tibbiy brigada doyalari faoliyatini muvofiqlashtirish, tugʻish yoshidagi ayollarning elektron bazasini yaratish, voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga berishga toʻliq barham berish eng dolzarb masalalar hisoblanadi.

Shu bilan birga istalmagan homiladorlikning oldini olishga qaratilgan targʻibot ishlarini kuchaytirish, tugʻish yoshidagi ayollar va homiladorlarning bazasini shakllantirish, har bir tuman uchun “Yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yigʻilish davomida barcha tumanlardan tashrif buyurgan tibbiyot sohasi masʼullari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Elmira Bositxonovaga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va tegishli javoblar oldilar.

Yigʻilish soʻngida barcha tumanlardagi Tibbiyot birlashmalari boshliqlari oʻrinbosarlariga, Onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha muovinlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida shu yil 17-iyun kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigilishining tegishli bayonida belgilangan tugʻish yoshidagi ayollar va homiladorlarning marshrutini belgilash ishlarini amalga oshirish, har bir hudud uchun “Yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va tasdiqlatish vazifasi topshirildi.

Jumaboy Yavqashev, tuman TTB shifokori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026