YoŞLAR YeTAKÇISI MAHALLA YoŞLARI FAOLLIGINI OŞIRMOQDA
Amudaryo tumanining Arnaböyi mahallasida 774 xonadonda jami 4148 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Şulardan 30 yoşgaça bölganlar soni 2248 nafar va 16-30 yoş toifasidagi yoşlar soni 958 nafarni taşkil etadi. Mahalla fuqarolar yiğini raisi, hokim yordamçisi, ayollar faoli, yoşlar yetakçisi hamda profilaktika inspektori mahalladagi har bir oilada bölib, hamjihatlikda iş faoliyatlarini olib bormoqda. Yoşlardan kelgan har qanday murojaat, muammo va takliflarning ijobiy yeçimlarini topib, mahallada tinçlik va totuvlikni saqlab kelişmoqda.
Yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişga astoydil harakat qilayotgan yoşlar yetakçisi bilan nafaqat mahalla sardorlari, balki boşqa uyuşmagan yoşlar ham hamjihatlikda harakat qilişmoqda. Xususan, mahalla hududidan ötuvçi kanal ustiga nuroniy Haytimbat ota Tajiyev boşçiligida Xöjakent va Özbegim köçalarini birlaştiruvçi, “Manğit Arna” kanali ustidan ötuvçi köprik qurilişi işlari olib borilmoqda. Yoşlar yetakçisi Şahzod Nuratdinov taşabbusi bilan mahalla sardorlari, faol yoşlar köprik qurilişiga qöl mehnatlari bilan kömak berişayapti.
Yoşlarning tadbirkorlik ğoyalarini qöllab-quvvatlaş maqsadida yaqinda hunarmandçilikka qiziqadigan yoşlar usta-hunarmand Maxsud usta Abdurahmonovning uyiga borib, iş faoliyati bilan yaqindan taniştirildi. Hunarmandçilik orqasidan oila boqib kelayotgan Maxsud aka ularga iş faoliyatini qanday boşlagani, bugungi işlari haqida sözlab, hunarli kişi xor bölmas, deb öz maslahatlarini berdi.
Yoşlarga berilayotgan imtiyozlardan samarali foydalaniş maqsadida Behzod Nurullayev, Zulxumor Saparova, Ozoda Jumaboyeva, Mavluda Haytboyeva va Farhod Sidabullayevlarning bandligini taʼminlaş maqsadida 3-yilga imtiyozli kreditlar ajratilişiga kömaklaşildi.
Şu kunga qadar mahallada har bir yoşning uyiga borib, muammo va takliflarini, bandlik holatini, taʼlim maʼlumotini hamda salomatlik holatlarini aniqlab çiqib, yoşlar balansi tuzib olindi. Yoşlar balansi orqali “Yoşlar daftari” va “Yoşlar dasturi” şakllantirildi hamda “Yoşlar daftari”ga kiritilgan har bir yoşga ijtimoiy yordamlar körsatilmoqda.
Hozirgi kunga qadar 93 nafar işsiz yoşlar “Yoşlar daftari”ga kiritilgan bölib, ularning 86 nafariga uzoq muddatli ijaraga yer berildi va bandliklari taʼminlandi.
Jumladan, 76 nafar yoşga 10-yilga ijara asosida dehqonçilik qilişlari uçun yerlar ajratildi, 5 nafariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş uçun imtiyozli kreditlar berildi. 2 nafarining jamoatçilik asosida bandligi taʼminlandi, yana 2 nafarining harbiy safarbarlik çaqiruvi rezervi badali qoplab berildi hamda 1 nafar yoşga haydovçilik kursi xarajatlarining 75 foiz qismi qoplab berildi.
Amalga oşirilayotgan buningdek saʼy-harakatlar natijasida mahalla yoşlarining jamiyat hayotiga daxldorligi mustahkamlanib, ertagi kun uçun masʼuliyati ortmoqda.
Sevara ISMOILOVA, QDU talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶