XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI TOMONIDAN QORAQALPOĞISTON RESPUBLIKASIDA XAYRIYa AKTsIYaSI ÖTKAZILMOQDA
Şu kunlarda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasida köp yillar davomida faoliyat yuritgan faxriy öqituvçilar holidan xabar oliş aktsiyasi ötkazilmoqda.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining topşiriğiga asosan Qoraqalpoğiston Respublikasi xalqi hayoti bilan boğliq muammolarni örganiş jarayonida xalq taʼlimi tizimiga taalluqli masalalarga ham alohida eʼtibor qaratilib, Qoraqalpoğiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimida köp yillar davomida faoliyat yuritgan fahriy öqituvçilar, kam taʼminlangan oila farzandlari hamda soğligida nuqsoni bölgan öquvçilar holidan xabar olinib, ularning hayotiga doir muammolarni bartaraf etiş çoralari körilmoqda.
Uşbu aktsiya doirasida Xalq taʼlimi vaziri örinbosari Vahobjon Rajabov rahbarligidagi aktsiya taşkilotçilari Amudaryo tumanida ham bölişib, nafaqadagi faxriy öqituvçilar holidan xabar oldilar va Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi nomidan 7 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari töplami, esdalik uçun maxsus tabriknoma va yana boşqa qimmatbaho sovğalarni topşirdilar.
Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri örinbosari Vahobjon Rajabov rahbarligidagi aktsiya taşkilotçilari özining butun ongli hayotini yoş avlod taʼlim tarbiyasiga bağişlagan, ayni damda keksalik gaştini surayotgan faxriy öqituvçi Durdiboy ota Yerdoşev xonadonida bölişdi.
Durdiboy ota Yerdoşev aktsiya taşkilotçilari, xususan, Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri örinbosari Vahobjon Rajabov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining birinçi örinbosari Akbar Rayimovlarning taşrifi hamda hukumatimizning faxriy öqituvçilarga körsatayotgan hurmat-eʼtibori va ğamxörligidan çin dildan minnatdor böldi. Xonadoniga taşrif buyurgan mehmonlar bilan samimiy muloqot qilib, mamlakatimiz taʼlim tizimida amalga oşirilayotgan özgariş va yangilanişlar, zamonaga mos ravişda sohaga tatbiq etilayotgan islohotlar xususida tölqinlanib sözladi.
Xalqimiz bejizga ustoz otangday uluğ, degan purmaʼno hikmatni yaratmagan. Çunki, bizga oq-qorani tanitib, mustaqil hayot sari yöllagan bu tabarruk zot ota-onamizdan keyin mustaqil hayot böstonida doimiy va eng fidoyi jonkuyar döst sifatida ilm örgatgan, hayot sinovlarini sabot va matonat bilan yengib ötişda eng yaqin maslahatgöy, mehribonimiz bölgan.
Aktsiya iştirokçilari şu kuni Quvondiq Tangirberganov, Egambergan Saidov, Şukurjon Xöjamurodova hamda Özbekiston Xalq öqituvçisi Hayitgul Yöldoşevalarning xonadonlarida ham bölişib, ularning yaşaş şaroitlari, kundalik hayotiga oid muammolari bor yoki yöqligi bilan qiziqdilar.
Faxriy ustozlar bugungi dorilomon kunlarga çeksiz şukronalik tuyğularini izhor etişib, mamlakatimizda inson qadr-qimmatini uluğlaş, uning hayotdan rozi yaşaşlarini taʼminlaş maqsadida amalga oşirilayotgan izçil islohotlar xususida mamnuniyat bilan fikr bildirdilar.
Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri örinbosari Vahobjon Rajabov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri birinçi örinbosari Akbar Rayimov va Amudaryo tuman xalq taʼlimi bölimi mudiri Akmal Ismoilovlar xalq taʼlimi sohasida köp yillar samarali mehnat qilgan amudaryolik faxriy öqituvçilarning samarali mehnatlarini eʼtirof etişib, ularga uzoq umr tilab, hamişa şogirdlari ardoğida yurişdek samimiy tilaklar bildirişdi.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶