TUMANDAGI 36-SONLI VA 56-SONLI MAKTABDA KENG KÖLAMLI QURILIŞ-TAʼMIRLAŞ IŞLARI OLIB BORILMOQDA
Prezidentimizning şu yil yanvar oyida “2022-2024-yillarda Özbekiston Respublikasining ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilingan edi. Şunga köra mamlakatimizning ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini izçil rivojlantiriş, qişloq va mahallalarni yanada obod qiliş, joylarda qulay tadbirkorlik va investitsiya muhitini şakllantiriş uçun 2022-2024-yillarda Özbekiston Respublikasining ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturi işlab çiqildi va joriy etildi.
Amudaryo tumanida ham mazkur dastur böyiça keng kölamli quriliş-taʼmirlaş işlari olib borilmoqda. Uşbu dasturga köra Çordara mahallasidagi 36-sonli maktab binosi ham rekonstruktsiya qilinib, 180-öringa möljallangan qöşimça bino quriş işlari amalga oşirilmoqda. Loyiha bahosi 2 mlrd. 292 mln. sömdan ortiq bölgan quriliş işlari “KMK-304” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan bajarilmoqda. Quriliş işlarida taşkilotning 8 nafar işçisi mehnat qilmoqda.
Uşbu maktab 1974-yilda foydalanişga topşirilgan. Öz davrida zamonaviy körinişga ega bölgan mazkur maktab 560 öquvçi örniga möljallangan. Ayni paytda uşbu taʼlim maskanida 30 ta sinfda 800 nafar öquvçi taʼlim-tarbiya olmoqda. Ularga 72 nafar pedagog-öqituvçilar yangi pedagogik texnologiyalar asosida taʼlim berişmoqda. Pedagoglarning 3 nafari oliy toifali, 9 nafari 1-toifali, 22 nafari 2-toifali, 38 nafari esa mutaxassis, 2 nafari rus tilidan S2 darajadagi sertifikatga ega öqituvçilardir.
Hozirda binosi taʼmirtalab holatga kelib qolgan mazkur maktabda taʼlim-tarbiya işlari yaxşi yölga qöyilgan bölib, öquvçilarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, unumli foydalanişlarini taʼminlaş maqsadida 8 ta fan, 4 ta sport, 2 ta ijtimoiy-madaniy tögaraklar taşkil etilgan. Şuningdek, öquvçi-yoşlar futbol, basketbol va voleybol maydonçalari hamda yopiq sport zalida sport bilan şuğullanişadi.
Yoş avlod zamonaviy şaroitlarda taʼlim-tarbiya olişi uçun imkoniyat yaratiş maqsadida qurilayotgan maktabning yangi binosining fundament işlari yakunlangan bölib, ayni paytda işçilar birinçi qavat ğiştini terişmoqda. Bino avgust oyining oxirlarida foydalanişga topşirilişi möljallangan.

Dastur doirasidagi şu kabi quriliş-taʼmirlaş işlari Boyovul mahallasidagi 56-sonli maktabda ham amalga oşirilmoqda. Köp yillardan beri yoş avlodga taʼlim-tarbiya berilib kelinayotgan uşbu taʼlim maskani ham ança taʼmirtalab bölib qolgan va öquvçi örnini kengaytirişga ehtiyoj sezilayotgan edi. Quvvatidan ortiq öquvçisi mavjud bölgan mazkur maktabda imkon darajasida taʼlim-tarbiya işlari yaxşi yölga qöyilgan.
Tumanda 2020-2021-yilgi öquv yilida umumtaʼlim maktablarini tamomlagan bitiruvçilarining oliy öquv yurtlariga öqişga kiriş körsatkiçi yanada ortdi. Bu borada 56-sonli maktab eng ilğor taʼlim maskanlaridan biri böldi. Uşbu öquv yilida maktabning 11-sinfini tamomlagan 77 nafar bitiruvçidan 55 nafari, yaʼni 71,2 foizi OTMga qabul qilindi. Maktabning texnologiya fani yönalişidagi 11-“B” variativ sinfining 25 nafar bitiruvçilaridan barçasi, yaʼni 100 foizi OTM talabalari bölişgan edi. Mazkur öquv yilidagi bitiruvçilardan ham ustozlarning umidi katta.
Oliy taʼlimga qamrab oliş körsatkiçi böyiça eng ilğor bölgan 56-sonli maktabda ham zamonaviy şaroitlar yaratiş maqsadida amalga oşirilayotgan quriliş işlari tumandagi “Temir beton” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan bajarilmoqda. Loyiha bahosi 2 mlrd. 326 mln.dan ortiq bölgan quriliş işlari davomida maktab uçun 180-öringa möljallangan qöşimça bino va rekonstruktsiya işlarini amalga oşiriş rejalaştirilgan. Ayni paytda qöşimça binoning fundament işlari yakunlanib, birnçi qavatda ğişt teriş işlari olib borilmoqda.
Har ikkala maktab öqituvçi va öquvçilari yangi öquv yilini taʼmirlangan va yangi qurilgan binoda qarşi olişadi. Uşbu taʼlim maskanlari jamiyat rivoji, taraqqiyotiga hissa qöşa oladigan, yurt kelajagiga munosib bölgan yoşlarni tarbiyalaşga uzoq yillar xizmat qiladi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶