24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 13:14
Jamiyat 👁 316

“Bir nuroniy – oʻn yoshga masʼul” koʻrik tanlovi boʻlib oʻtdi

“Bir nuroniy – oʻn yoshga masʼul” koʻrik tanlovi boʻlib oʻtdi

Mamlakatimizda keksa avlod vakillarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Katta hayotiy tajribaga ega otaxon va onaxonlarimiz “Bir nuroniy – oʻn nafar yoshga masʼul” tamoyili asosida oʻzi istiqomat qilayotgan mahallada ish yuritib, tarbiyasi ogʻir, maʼnaviy koʻmakka muhtoj, uyushmagan, ishsiz yoshlarga biriktirilib, ularning muammolarini bevosita hal etishga yordam berib kelmoqda. Shu orqali nuroniylarimiz yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, mamlakatda oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalanishiga va jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga hissa qoʻshmoqda.

Ana shunday fidoyi nuroniylar ishtirokida mamlakatimiz boʻylab “Bir nuroniy ­­– oʻn yoshga masʼul” shiori ostida koʻrik-tanlovlar oʻtkazilmoqda. Joriy yil 18-iyun kuni Amudaryo tumani Madaniyat markazi binosida mazkur koʻrik-tanlovning tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tanlovning asosiy maqsadi har bir mahallalarda “Bir nuroniy – oʻn yoshga masʼul” loyihasi asosida yoshlarga biriktirilgan nuroniylarni jamiyat hayotiga faol jalb qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarimiz tarbiyasida keksa avlod vakilllarining tajribasidan foydalanish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, ajrim yoqasida turgan yosh oilalar oʻrtasida barqaror muhitni vujudga keltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni targʻib qilish va ijrosini taʼminlashda faol ishtirok etayotgan ijtimoiy faol nuroniylarni ragʻbatlantirish hisoblanadi.

Tanlovning tuman bosqichi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Nuroniy” jamgʻarmasi, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlinmasi, Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida oʻtkazildi.

Tanlovda ishtirokchilar 3 ta shart, yaʼni tanishtiruv, “Yoshlar – bizning kelajagimiz” mavzusida ishtirokchilar amalga oshirgan ishlar yuzasidan hayʼat aʼzolariga yozma maʼlumot va fotoalbom shaklida taqdimot qilish hamda oʻziga biriktirilgan uyushmagan, tarbiyasi ogʻir, maʼnaviy koʻmakka muhtoj boʻlgan yoshlar bilan amalga oshirgan ishlari va erishgan natijalarini, shuningdek, yoshlarning muammolariga yechim topgani va ajrim yoqasida turgan oilalarni yarashtirgani boʻyicha fakt va misollar taqdimoti orqali oʻzaro bellashdilar.

Tanlovning yakuniy natijalariga koʻra eng yuqori bal toʻplagan Bobur nomli ovulning faoli Murotboy Soburov faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi va tashkiliy qoʻmita tomonidan 3 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shuningdek, 2-oʻrinni qilichboylik ishtirokchi Amina Yusupova qoʻlga kiritib, 2 million soʻm bilan, 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan Beruniy nomli mahalla faoli Shukurjon Xoʻjamuratova esa 1 millin soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, 3 nafar ishtirokchilar, jumladan, Boʻz solma mahallasidan tashrif buyurgan ishtirokchi Salomat Madaminova, Namuna mahallasi faoli Farhod Avezov va Durunki mahallasidan kelgan faol nuroniy Davlatboy Oʻrazovlarning har biri faol ishtirki uchun tashkiliy-qoʻmita tomonidan 500 ming soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri maslahatchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi va tanlovning tashkiliy-qoʻmitasi raisi Tursunboy Abdijabbarov gʻoliblar va sovrindorlarni tabriklab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan Bobur nomli ovulning faol nuroniysi Murotboy Saburovga omad tiladi va barcha ishtirokchilarga oʻz minnatdorligini bildirib oʻtdi.

Tanlov yakunida tadbir ishtikorchilari va tomashabinlariga “Toʻlqinjon” kafesida osh berildi.

Sevara ISMOILOVA, QDU talabasi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026