18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 04:55
Jamiyat 👁 406

Ochiq suv havzalarida choʻmilish inson hayoti uchun xavfli ekanligi koʻrgazmali seminar va maxsus taktik oʻquv mashqlarda koʻrsatib berildi

Ochiq suv havzalarida choʻmilish inson hayoti uchun xavfli ekanligi koʻrgazmali seminar va maxsus taktik oʻquv mashqlarda koʻrsatib berildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi − Fuqaro muhofazasi boshligʻining 2022-yil 17-may kungi “Choʻmilish mavsumida aholining suvda choʻkishi bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning oldini olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi buyrugʻining ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumani Qipchoq ovul fuqarolar yigʻini hududidan oqib oʻtuvchi Amudaryo daryosi boʻyida koʻrgazmali seminar va amaliy maxsus taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi.

Ushbu amaliy taktik oʻquv mashqiga tuman hududidagi mahalla raislari, maktab direktorlari hamda korxona va tashkilot rahbarlari jalb qilinib, suvda choʻkish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishdi.

Ceminarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boʻlim boshligʻi, podpolkovnik Radmir Chimbergenov olib bordi hamda seminar qatnashchilariga mamlakatimizda suvga choʻkish bilan bogʻliq aniqlangan nohush holatlar yuzasidan maʼlumot berib oʻtdi.

Seminarda yozning issiq kunlari boshlanishi bilan insonlarda suvga choʻmilishga ehtiyoj keskin oshishi, ayrim vaqtlarda ota-onalarning eʼtiborsizligi natijasida yoshlarning taqiqlangan suv havzalariga choʻmilishlari oqibatida suvga choʻkish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning sodir boʻlishi kuzatilayotgani taʼkidlandi.

Shuningdek, nafaqat yosh bolalar, balki yoshi katta insonlarning daryo, kanallarda choʻmilishlari natijasida suvga choʻkish holatlarining ham uchrayotgani aytildi. 

Bundan tashqari, har yili yurtimizda fuqarolarning belgilanmagan joylarda spirtli ichimliklar isteʼmol qilgan holatlarda choʻmilishlari va boshqa sabablarga koʻra yuzlab insonlar nobud boʻlayotganligi achinarli holat ekanligini va har bir inson oʻz hayoti uchun avvalo, oʻzi javobgar ekanligini taʼkidladi.

Maxsus taktik oʻquv mashqining amaliy qismida fuqarolarning suvda choʻkishi, qutqarilishi yaʼni suvda choʻkayotgan insonni roʻparasidan emas, aksincha orqa tomonidan borib unga yordam berish kerakligi hamda birinchi tibbiy yordam koʻrsatilishi amalda koʻrsatib berildi.

 Ushbu amaliy oʻquv mashqiga jami 12 ta texnika va 144 nafar fuqaro qatnashib “Cheklangan tayyor” deb baholandilar. Maxsus taktik oʻquv mashqi yakunida ishtirokchilarning yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklari koʻrsatib oʻtildi. Shuningdek, kelgusida bunday kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik uchun nimalar qilish lozimligi batafsil tushuntirilib fikr-mulohazalar almashildi.

Seminar yakunida qatnashchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib batafsil maʼlumot oldilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026