ÖLIMNI QAYD QILIŞ BILAN BOĞLIQ KOMPOZIT DAVLAT XIZMATLARI KÖRSATILADI
Vazirlar Mahkamasining şu yil 25-fevraldagi “Ölimni qayd qiliş bilan boğliq kompozit davlat xizmatlarini körsatişning maʼmuriy reglamentini tasdiqlaş töğrisida”gi qaroriga köra ölimni qayd qiliş bilan boğliq kompozit davlat xizmatlarini körsatişning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Tibbiyot muassasasi xodimi – ölim holati tasdiqlangandan söng, vafot etgan şaxs haqidagi maʼlumotlarni FHDYo bölimiga avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali yuboradi. FHDYo bölimi – axborot tizimi orqali avtomatik ravişda ölim haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va maʼlumotni tibbiyot muassasasi va Pensiya jamğarmasiga elektron şaklda yuboradi.
Tibbiyot muassasasi xodimi – QR-kod tasviri tuşirilgan ölim haqidagi maʼlumotnomani ariza beruvçilarga darhol ikki nusxada çop etib beradi.
Pensiya jamğarmasi bölimi – har oyning 5-sanasigaça ötgan oyda uşbu hududda tölangan dafn etiş uçun nafaqalarning umumiy miqdoridan kam bölmagan miqdordagi mablağlarni Tijorat bankining hisobvarağiga moliyalaştiradi.
Tijorat banki – QR-kod tuşirilgan ölim haqidagi maʼlumotnoma asosida Pensiya jamğarmasiga elektron sörov yuboriş orqali tasdiqlaydi hamda oldindan moliyalaştirilgan mablağlar hisobidan nafaqa tölovini amalga oşiradi.
FHDYo bölimi vafot etgan şaxsning yaqin qarindoşlari va merosxörlarining istalgan vaqtdagi talabiga asosan eksterritorial tamoyil asosida ölim haqidagi gerbli guvohnomani çop etib beradi yoki poçta aloqasi orqali arizada körsatilgan manzilga yuboradi.
Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-apreldan Toşkent şahrida, 2022-yil 1-iyuldan esa butun respublika hududida tibbiyot muassasalari tomonidan ölim haqida tibbiy guvohnoma beriş tartibi bekor qilinib, faqat elektron tizim orqali ölim haqida tibbiy maʼlumotnoma şakllantiriş tartibi joriy etiladi.
Mohira Eşmurodova, tuman FHDYo bölimi inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶