YoZGI TAʼTIL BOLALARGA OTA-ONALAR BILAN MAROQLI VA MAZMUNLI OʻTADI
Yoz faslida oʻquvchilar taʼtilga chiqib, dam olishadi. Yozgi taʼtil ularga dam olish va kuchlarni qayta tiklash uchun ajoyib imkoniyat.
Ammo har bir ota-ona farzandining taʼtil davomidagi vaqtlarini rejalashtirib, mazmunli oʻtkazishini taʼminlasa, maqsadga muvofiq boʻladi. Maktabdagi mashgʻulotlar tugab, taʼtil davri boshlanganidan soʻng, kunni qanday oʻtkazish uchun kunlik yoki haftalik reja tuzilishi kerak.
Masalan, soat 8.00 da nonushta, 9.00 da velosipedda yoki ochiq havoda sayr qilish, 10.00 da televizorda qiziqarli koʻrsatuv tomosha qilish va shu kabi foydali, qiziqarli mashgʻulotlar reja qilib qoʻyilsa, bolajonlar behuda narsaga chalgʻimaydi va zerikishmaydi.
Bolalarning televizor yoki kompyuter qarshisida soatlab oʻtirishga yoʻl qoʻymaslik kerak. Ularni oʻyinlarga chorlab, ragʻbatlantirib borish lozim. Keraksiz narsalarni tomosha qilish zararli ekanligini tushuntirish bilan birga kitob oʻqishga, kitoblardan foydali narsalarni oʻrganishga odatlantirish maqsadga muvofiq.
Bolalar ota-onalari bilan oʻtkazilgan vaqtni juda qadrlashadi. Shunday ekan, har bir ota-ona yozgi taʼtil davrida oʻz farzandiga eʼtiborli boʻlsa, ularning miriqib dam olishlariga imkoniyat yaratgan boʻlar edi.
Inobat NORIMOVA, 38-maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶