24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 12:07
Jamiyat 👁 306

“Huquqbuzarliklarni oldini olishda profilaktika inspektorining milliy gvardiya organlari bilan hamkorligi”

“Huquqbuzarliklarni oldini olishda profilaktika inspektorining milliy gvardiya organlari bilan hamkorligi”

Profilaktika inspektorlarining Milliy Gvardiya organlari bilan hamkorlikdagi faoliyatini samaradorligini yanada oshirish koʻp jihatdan tahlil etilayotgan sohaning huquqiy, tashkiliy-taktik va moddiy-texnik taʼminotigaoid asoslariga bevosita bogʻliq. Bizningcha, ushbu sohada amaliyotda uchrayotgan mazkur ikkita yoʻnalishdagi muammo va kamchiliklarni hal etish faoliyat samaradorligini oshirishga oʻzining ijobiy taʼsirini koʻrsatadi.

Profilaktika inspektorlarining Milliy Gvardiya organlari bilan hamkorlikdagi faoliyatini huquqiy tartibga solishga doir muammolarning yechimi sohani takomillashtirish borasidagi eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Oʻrganish va tahlillar shuni koʻrsatadiki, bugungi kunda profilaktika inspektorlarining Milliy Gvardiya organlari bilan hamkorlikdagi faoliyatining huquqiy asoslari hisoblangan qonunlar ushbu sohani bevosita tartibga solishga xizmat qilmasdan, balki bu boradagi ayrim ijtimoiy-huquqiy munosabatlarni tartibga solish bilan cheklanmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida esa mazkur faoliyatning umumiy qoidalari, asosiy yoʻnalishlari va ustuvor vazifalari hamda subʼektlarning huquqiy holati belgilangan. Profilaktika inspektorlarining Milliy Gvardiya organlari bilan hamkorligini taʼminlashga doir ichki ishlar organlari faoliyatining mexanizmi esa Oʻzbekiston Respublikasi IIVning idoraviy meʼyoriy-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan.

Faoliyatning takomillashuvi u amal qiladigan muhitdagi qonunchilikning takomillashuv darajasi bilan uzviy bogʻliqligini inobatga olgan holda, profilaktika inspektorlarining Milliy Gvardiya organlari bilan hamkorlikdagi faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish, xususan hozirgi kunda sohani tartibga solayotgan qonunosti normativ-huquqiy hujjatlari oʻrniga mukammal qonunlarni yaratish maqsadga muvofiqdir.

Profilaktika inspektorlarining Milliy Gvardiya organlari bilan hamkorlikdagi faoliyatining tashkiliy-taktik asoslariga oid muammolarni oʻrganish, tahlil qilish va takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, sohaning tashkiliy-taktik boshqaruv faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, faoliyatni samarali tashkil etishning zaruriy sharti hisoblanadi. Xususan, bu borda har bir hududning oʻziga xos xususiyatlarini, jumladan, joʻgʻrofiy joylashuvi, aholisi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, madaniy, davlat ahamiyatiga ega va boshqa xizmat koʻrsatish obʼektlarining mavjudligi, jinoyatchilikning koʻrsatkichlari, sodir etish shakl va usullarini inobatga olgan holda, profilaktika inspektorlarining Milliy Gvardiya organlari bilan hamkorligini tashkil etish boʻyicha har bir hududning oʻz modelini yaratish va uni zaruriy kompyuter-tahlil dasturiy tizimlar bilan taʼminlanishi, jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini taʼminlashning kuch va vositalarini samarali taqsimlash, ularni manyovr qilish, xususan qoʻshimcha patrullik kuchlari talab qilinadigan joylarni aniqlashda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldindan bashorat qilish imkoniyatini beradi. Binobarin, rus huquqshunos olimi A. Fedchenko taʼkidlaganidek, AQSh va Yevropaning koʻplab mamlakatlarida bunday jarayonlar nafaqat boʻlinmalar, balki tizim miqyosida maksimal darajada kompyuterlashtirilgan. Ushbu kompyuterlashtirilgan tizim faoliyatni, ayniqsa, yirik shaharlarda, samarali ish olib borishning zaruriy sharti hisoblanadi, chunki bu – xizmat koʻrsatish joy xususiyatini, huquqbuzarliklarning intensivligini talab darajasida aniqlash, kuchlar va vositalardan samarali foydalanish imkonini beradi.

Yuqoridagi fikr va mulohazalarga asoslangan holda shunday xulosaga kelish mumkin: eng avvalo, profilaktika inspektorlarining Milliy Gvardiya organlari bilan hamkorlikdagi faoliyatida amalga oshirilgan islohotlar, jamiyatdatinchlik va osoyishtalikni samarali taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qolaversa davlat boshqaruvi sohasida ichki ishlar organlarining roli va mavqeining yuksalishiga, fuqarolarimizning tizimga nisbatan ishonchi va hurmati oshishiga xizmat qildi; keyingi oʻrindayoshlarimizni maʼnaviy tahdidlardan asrash, ularning turli yot gʻoyalar, diniy va mafkuraviy aqidalar taʼsiriga berilishini oldini olish, jamiyatda zoʻravonlik va radikal qarashlarning tarqalishiga chek qoʻyish orqali mamlakatda ichki xavfsizlikni kafolatlash muammolari tobora muhim ahamiyat kasb etayotgan hozirgi murakkab sharoitda bu boradagi islohotlarni izchil davom ettirish talab etiladi; va nihoyataholi turar joylarida profilaktika inspektorlarining Milliy Gvardiya organlari bilan hamkorligini tashkil etish sohasida dunyoning har bir davlatida, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda oʻziga xos tajriba shakllangan boʻlib, ularning ilgʻor yutuqlari, ish usullari va shakllarini oʻrganish asosida, milliy qonunchiligimiz va uni qoʻllash amaliyotiga joriy etib borish ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini samarali tashkil etish hamda ularni boshqarishni takomillashtirishga xizmat qiladi.

 

Jumabayev.E.A.

IIV Akademiyasi 3-oʻquv kursi 309-gurux kursanti.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026