“Profilaktika inspektorining fuqarolarning özini özi boşqariş organlari va jamoatçilik bilan hamkorligi”
Bugungi kunda huquqbuzarliklar profilaktikasini taşkil etişda, jinoyatçilarni foş etişda hamda huquqbuzarlarga nisbatan taʼsir çoralarini amalga oşirişda jamoatçilik yordamidan keng foydalanib, samarali natijalarga erişilmoqda. Biroq şunga qaramay, respublikamizda jinoyatçilikka qarşi kuraş va uning oldini olişda jamoatçilik bilan hamkorlikni taşkil etiş va takomillaştiriş islohotlarning hozirgi bosqiçida dolzarbligiça qolmoqda.
2014-yil 14-maydagi «Huquqbuzarliklar profilaktikasi töğrisida»gi qonuni va uşbu qonun ijrosi böyiça qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalarga asosan profilaktika (katta) inspektori fuqarolarning özini özi boşqariş organlari bilan quyidagi yönalişlarda hamkorlik qiladi:
– aholi, eng avvalo yoşlar orasida soğlom turmuş tarzini qaror toptirişga qaratilgan tadbirlar, huquqiy tarğibot işlarini olib boriş;
– axloq-odob doirasidagi huquqbuzarliklarning oldini oliş, voyaga yetmaganlar va yoşlarni ommaviy madaniyatning salbiy taʼsirlaridan himoya qiliş;
– oila-turmuş munosabatlari sohasida ğayriijtimoiy xulqatvor, qilmiş, turmuş tarzi va huquqbuzarliklarning profilaktikasi böyiça çora-tadbirlarni birgalikda işlab çiqiş va amalga oşiriş;
– mahalla fuqarolar yiğini huzurida yaraştiriş, maʼrifat va maʼnaviyat masalalari, xotin-qizlar bilan işlaş, voyaga yetmaganlar, yoşlar va sport masalalari, ekologiya va tabiatni muhofaza qiliş, obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş komissiyalarining aʼzosi sifatida iştirok etiş, şuningdek, boşqa yönalişlar böyiça komissiyalarga ular vakolatlari doirasidagi masalalarni körib çiqişda kömaklaşiş;
– xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga, ularning jamiyat hayotidagi, oilada maʼnaviy-axloqiy muhitni şakllantirişdagi, yoş avlodni tarbiyalaşdagi rolini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlarning olib borilişida amaliy yordam körsatiş;
– vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişini, fuqarolarning diniy eʼtiqod erkinligi huquqiga rioya etilişini taʼminlaş, röyxatdan ötmagan diniy taşkilotlar faoliyat körsatişining, diniy ekstremizmning oldini oliş, diniy qaraşlarni majburan singdirişga yöl qöymaslik, şuningdek, ularning sodir etilişi sabablari va ularga imkon bergan şaroitlarni aniqlaş hamda bartaraf etiş yuzasidan birgalikda çora-tadbirlarni amalga oşiriş;
– ozodlikdan mahrum etiş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlangan, şartli hukm qilingan, jazoni ijro etiş muassasalaridan şartli ozod etilgan, maʼmuriy nazorat örnatilgan, profilaktik hisobda turgan va boşqa şu kabi şaxslarning turmuş tarzini nazorat qiliş, ular bilan tarbiyaviy-profilaktik işlarni olib boriş;
– mahallada xavfsizlikni taʼminlaş maqsadida xonadonlarga kirib çiqib, fuqarolarning oilaviy turmuş tarzini örganiş va mavjud muammolarni tegişliligi böyiça hal etiş çoralarini köriş;
– fuqarolarga pasport tizimi qoidasiga amal qilgan holda yaşaşlari şartligi, doimiy yoki vaqtinçalik röyxatdan ötmasdan yaşaşlariga yöl qöymaslik, xonadonlarini noqonuniy ravişda ijaraga bermaslik yuzasidan tuşuntirişlar olib boriş.
IIV Akademiyasi 3-öquv kursi 309-gurux kursanti Jumabayev.A.M.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶