24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 13:14
Jamiyat 👁 265

BERUNIY NOMLI MAHALLADA KOʻRGAZMALI SEMINAR VA DAVRA SUHBATI TAShKIL ETILDI

BERUNIY NOMLI MAHALLADA KOʻRGAZMALI SEMINAR VA DAVRA SUHBATI TAShKIL ETILDI

Amudaryo tumanining Beruniy nomli mahalla fuqarolar yigʻini binosida “Eng namunali mahalla faoli” deb nomlangan koʻrgazmali seminar va “Onajonlar oʻgiti” nomli davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirlarda tuman hokimi oʻrinbosari Goʻzal Soburova hamda fuqarolar yigʻini masʼullari, hudud aholisi ishtirok etdilar. Tadbir munosabati bilan tashkil qilingan koʻrgazmada mahallada hunarmandchilik, tikuvchilik va yogʻochdan uy-roʻzgʻor  buyumlarini yasash orqasidan  oʻzini oʻzi band qilib, oilasiga daromad olib kelayotgan hunar egalari, ayol-qizlarning mehnat mahsullari namoyish etildi. Mazkur koʻrgazma xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning taʼlim va kasbiy koʻnikmalar olishi, bandligini taʼminlashga har tomonlama koʻmaklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.

Mehmonlar koʻrgazmaga qoʻyilgan uy-roʻzgʻor buyumlari, beshik, belanchak va yozgi kiyim-kechaklar, yumshoq oʻyinchoqlarni tomosha qilganlaridan soʻng, hunarmandlarning mehnatlariga munosib baho berishdi. Chiroyli va mustahkam, sifatli ishlangan xaridorgir mahsulotlarga talab yuqoriligi tashrif buyuruvchilar tomonidan eʼtirof etildi.

Tadbirda tuman hokimining oila, xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Goʻzal Saburova xotin-qizlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va faolligini oshirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, oila va xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam koʻrsatish, qishloqlardagi xotin-qizlarni kasb-hunarga, oilaviy va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, oilalar maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida soʻzladi.

Bu kabi tadbirlar band boʻlmagan ayol-qizlarning tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishi, kasb-hunar oʻrganishga boʻlgan qiziqishlari ortishida muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlab, ustoz-shogird anʼanalarini yoʻlga qoʻyish, tumanda hunarmandlar rastalarini tashkil qilish masalalariga toʻxtalib oʻtdi.

Shundan soʻng, “Onajonlar oʻgiti”  nomli davra suhbati boshlandi. Ushbu tadbir ham tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova, shuningdek, 40-sonli maktab direktori Sanobar Xoʻjamurodova, Beruniy nomli mahallada yashovchi nuroniy onaxonlar va yoshlar, mahalla faollari ishtirokida oʻtkazildi.

Tadbir davomidagi ayollarimizning oiladagi, farzand tarbiyasidagi rolini hamda ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish, odobli qiz, iffatli kelin, maʼrifatli ayol  qanday boʻlishi kerakligi haqidagi suhbatlar bilan qizgʻin, muhokamali tarzda boʻlib oʻtdi.

Undan tashqari, suhbat davomida mahallada yashovchi Rima momo Rajabova “Mahallaning eng ibratli oila bekasi” va “Hunarmand ayol” sifatida, yoshlarga ibrat boʻla oladigan Shukurjon Xoʻjamurodova “Mahallaning faol ayoli”, Sohibjamol Uzakbayeva esa ”Hunarmand qiz” sifatida eʼtirof etildi.

”Onajonlar oʻgiti” deb nomlangan davra suhbati davomida yoshi ulugʻ onaxonlarimiz tomonidan yosh oilalar bekalariga va qizlarga oʻzining xayotiy tajribasidan kelib chiqib berilgan kerakli maslahatlari, oʻgitlari  tinglandi.

Qiziqarli oʻtgan tadbirlar mahalla ahlida katta taassurotlar qoldirdi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026