NIKOHDAN OLDINGI TIBBIY KOʻRIKNING AHAMIYaTINI TUShUNTIRISh BOʻYIChA TARGʻIBOT TADBIRI OʻTKAZILDI
Arna boʻyi mahallasida tuman FHDYo boʻlimi tomonidan sayyor tartibda targʻibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda ishtirok etgan tuman DXM xodimi S.Hayitboyev hamda boshqalar fuqarolarga mahallada maʼnaviy barqarorlikni taʼminlash, «Qonuniy nikohni qayd qilish va nikohdan oʻtishda tibbiy koʻrikning ahamiyati”, “Oiladagi er-xotinning huquq va burchlari” mavzulari yuzasidan tushunchalar berildi. Prezidentimizning tegishli Qaror va Farmonlarida oʻrnatilgan FHDYo organlari faoliyatining yangi tashkiliy-huquqiy tartib tamoyillari fuqarolik va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy huquqlarini ruyobga chiqarishda, ularning elektron xizmatlardan keng foydalanishini ragʻbatlantirishda va idoralararo integratsiyani kuchaytirishda muhim ahamiyatga egaligi, Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi kabilar haqida hamda yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ular oʻrtasida qonuniy nikohdan oldin tibbiy koʻrikdan oʻtishning afzalliklari aytib oʻtildi.
Shuningdek, fuqarolarning muammoli masalalar boʻyicha murojaatlari tinglanib, tegishli tartibda huquqiy maslahatlar berildi va amaliy yordam koʻrsatildi.

Nabira Oʻngarova,
tuman FHDYo boʻlimi ish yurituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶