MILLIY GVARDIYa XODIMI SUVGA ChOʻKAYoTGAN INSON HAYoTINI SAQLAB QOLDI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash Boshqarmasi Amudaryo tumani Qoʻriqlash boʻlimi xodimlari tuman hududida tinchlik va osoyishtalik saqlanishida, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldi olinishida, fuqarolar xavfsizligi taʼminlanishiga munosib hissa qoʻshishmoqda.
Boʻlimda xizmat qilib kelayotgan safdor xodim Jasur Yerimbetov yaqinda Qipchoq shaharchasidagi «Qipchoq» ponton koʻprigi postida oʻz xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida 50 yoshlar chamasidagi ayol oʻz joniga qasd qilish maqsadida oʻzini koʻprik ustidan daryoga tashlab yuborganini koʻrib qoldi.
Xodim oʻz xizmat vazifasini vijdonan bajarib, daryoga sakrab tushdi va suvdan olib chiqib fuqaroning hayotini saqlab qoldi. Shunday jonkuyar xodimlarimiz xalqimiz baxtiga sogʻ boʻlsin.
Elyor Yusupov,
tuman Qoʻriqlash boʻlimi guruh komandiri, leytenant.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶