ÖQUVÇILAR ÖRTASIDA MAKTAB KUBOGI UÇUN BARÇA FANLARDAN BELLAŞUV TAŞKIL ETILDI
Yurtimizda yoş avlodni kelajakning munosib bunyodkorlari, komil insonlar bölib voyaga yetişlariga imkoniyat yaratişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bunda, albatta, taʼlim sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar özining ijobiy samarasini bermoqda. Yoşlar mamlakatning ertangi kuniga daxldor ekanliklarini anglagan holda bugungi imkoniyatlardan foydalanib çuqur bilim egallaşga, barça sohalarda öz iqtidorlarini namoyon etişga harakat qilişmoqda va kelajakning munosib vorislari ekanligini körsatişmoqda.
Öquvçilarning taʼlim olişga bölgan qiziqişlarini yanada oşiriş, ular örtasida soğlom raqobatni şakllantiriş maqsadida 69-sonli maktabda ham maktab direktori Dilşod Babaniyozov taşabbusi bilan maktab kubogi uçun barça fanlardan öquvçilar örtasida bellaşuv taşkil etildi.
Uşbu bellaşuvda maktabdagi jami 714 öquvçidan 500 nafarga yaqini iştirok etdi. Maktab kubogi uçun ötkazilgan bellaşuvni taşkil qiliş va ötkazişda maktabning boşlanğiç sinflar uslubiy birlaşmasi rahbari Jumagul Boltayeva, aniq fanlar uslubiy birlaşmasi rahbari Rustam Vaisov, çet tillar uslubiy birlaşmasi rahbari Barno Sapayeva, Biologiya fanlari uslubiy birlaşmasi rahbari Munavvar Matjanova, ona tili va adabiyoti fani uslubiy birlaşmasi rahbari Mahbuba Sariyeva, amaliy fanlar uslubiy birlaşmasi rahbari Malohat Boltayeva, faol öqituvçilardan Barçinoy Işmatova, Sanamjon Matyakubova, Najmatdinova Saida, Dildora Qöşnazarova, Xosiyat Örazboyeva, Zamira Asqarova, Yulduz Saidmurodovalarning xizmati katta böldi.

Aytiş joizki, 2021-2022-öquv yilida 69-sonli maktabda samarali işlar amalga oşirildi. Öquvçilarga sifatli taʼlim-tarbiya beriş asosiy maqsadi bölgan jonkuyar ustozlar maktabda samarali mehnat qilib kelmoqdalar. Yakuniga yetayotgan 2021-2022 öquv yilida eng yaxşi fan öqituvçisi nominatsiyasi bilan taqdirlangan öqituvçilardan Barçinoy Işmatova, Munavvar Matjanova, Bahrom Matmurodov, Mahbuba Sariyeva hamda maktabning maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosarlari Dilşod Boltayev, Jörabek Tajimurodovlar, öquv işlari böyiça direktor örinbosari Öktam Matniyazov, Jahongir Jumanovlar ham taʼlim-tarbiya borasidagi işlarning rivoji uçun munosib hissalarini qöşib kelişmoqda.

Bellaşuvda öquvçilar eng yaxşi futbol jamoasi, atletika ğolibi, Al-xorazmiy izdoşlari, biologiya bilimdoni, fizika bilimdoni, eng yaxşi kimyogar, ona tili bilimdoni, çet tili bilimdoni, rus tili bilimdoni, yoş tarixçilar nominatsiyalarini qölga kiritiş uçun bor imkoniyatlarini işga soldilar. Öquvçilar özlarining sport mahorati va fanlardan olgan bilimlarini namoyiş qilib, bir-birlaridan ortda qolmaslikka harakat qildilar. Maktabning 1-sinfidan to 11-sinfiga qadar bölgan öquvçilari öz zakovati va iqtidorlarini sinovdan ötkaziş davomida bilimlarini ham yanada oşirişdilar.
Bellaşuv yakunida nomnatsiyalar böyiça ğoliblar eʼlon qilindi va ularni taqdirlaş marosimi yuqori saviyada taşkil qilindi. Eng yuqori ball olgan öquvçilarga maktab kubogi topşirildi.
Qiziqarli ötgan bellaşuv barça öquvçi va öqituvçilarga juda manzur böldi va katta taassurotlar qoldirdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶