24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 14:29
Jamiyat 👁 252

HAYoTIMGA NUR BAXSh ETGAN USTOZ

HAYoTIMGA NUR BAXSh ETGAN USTOZ

Bundan  roppa-rosa 55-yil muqaddam  keyinchalik bir umrlik ustozim boʻlib qolgan  Saʼdulla aka Xoʻjaniyozov bilan oʻsha paytdagi "Amudaryo haqiqati" gazetasi  tahririyatida ilk bor uchrashib suhbatlashganman. Oʻshanda uning mazkur gazetada adabiy xodim boʻlib ishlayotganiga endigina bir yildan oshgan boʻlsa-da, shu qisqa muddat ichida tahririyatda eng sermahsul, eng sergʻayrat ijodkor sifatida tanilishga ulgurgan edi.

Mushtariy sifatida men ham “Amudaryo haqiqati” gazetasining har bir sonini va gʻoyibona ustozim boʻlib qolgan Saʼdulla aka Xoʻjaniyozovning ijod mahsullarini qunt bilan oʻqib borardim. Ayniqsa, uning sheʼrlari va fardlarini qayta-qayta oʻqib, zavq olardim. Hikoyalaridagi hayotiy voqealar va fikrlaridan bahra olib, hayotga teranroq nazar tashlashga, tanqidiy qarashga oʻrgana boshladim. Bu inson xayolimda davrimizning ilgʻor kishisi, qahramoni boʻlib gavdalanardi. Uning shaxsiyatiga boʻlgan qiziqishim tobora ortib borardi.

Nihoyat 1967-yilning yozida ustoz bilan tanishdim. Xonaga kirganimda uning ish stoli joylardagi mushtariylardan kelgan xatlar, har xil yozuvlar bitilgan qogʻozlar uyumi va bir necha kitoblar bilan toʻla edi. Shunchalik band boʻlishiga qaramay, u kishi men bilan suhbatlashishga vaqt ajratdi. Suhbatimiz koʻproq mening nimalarga qiziqishlarim, orzularim haqida boʻldi. Oʻqituvchi boʻlishga qiziqishim, rassomchilikdan ham birozgina xabarim borligini aytib, qogʻozga jahondagi eng mashhur odamlarning suratlarini chizib koʻrsatdim. Hazilmidi, chinmidi yoki kinoyamidi buni anglamadim, ammo "juda qoyillatib qoʻyding-ku", deganlari hamon esimda. Ilhom kelganda u-bu narsalar yozib turishimni, kitob oʻqish, gazeta-jurnallarni qoldirmay mutolaa qilishga qiziqishimni ham aytib oʻtdim. Maroqli oʻtgan suhbat, ilk uchrashuv mening keyingi hayot yoʻlimni belgilab berdi.

Bu insonga boʻlgan havasim va hurmatim yanada oshdi, tahririyatga tez-tez borish men uchun odatga aylandi va ustoz maslahati bilan kichik-kichik xabarlar,  maqolalar yoza boshladim.

Haligacha esimda, ovulimiz markazidagi hammomning ancha vaqtdan buyon ishlamayotgani toʻgʻrisida yozgan maqolam gazetada bosilgach, hammom ishga tushirildi. Oʻsha davrda tanqidga, tanqidiy munosabatga jiddiy eʼtibor berilar, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar, nuqsonlar, albatta, bartaraf qilinardi.

Tahririyatda shu paytlarda men kabi yoshlarga ustozim S.Xoʻjaniyozov koʻp narsalarni oʻrgatib, maslahat va yoʻl-yoʻriqlar berar edi. Ular orasida ijodiy ish borasida maʼlum darajada tajriba toʻplaganlari ham, ijod yoʻliga endi kirayotganlari ham boʻlardi. Biz yosh qalamkashlar barchamizning ustozimizga aylangan Saʼdulla Xoʻjaniyozovning atrofida birlashib, katta jamoaga aylandik. Bu esa 1970-yil aprel oyida "Gulshan" ijodiy toʻgaragining tashkil etilishi uchun yetarli zamin boʻldi. Ustozimiz toʻgarakni tashkil etishda bosh-qosh boʻldi va toʻgarak ishlariga rahbarlik qildi.

U toʻgarakka rahbarlik qilib, toʻgarak aʼzolari bilan yakkama-yakka ishlashishni yoʻlga qoʻya oldi. Yosh ijodkorlarning ijodiy qobiliyatini oʻstirish va rivojlantirish ustida jonbozlik koʻrsatib ishladi. Oylar va yillar oʻtishi bilan bu jonkuyarliklar oʻz natijasini koʻrsatdi.

Ushbu toʻgarak oʻz davrida yosh qalamkashlarning maʼnaviy-maʼrifiy va ijodiy yuksalishiga xizmat qilib, oʻziga xos ijodiy maktab vazifasini bajardi. Bu xayrli ishlarning boshida barchamizning ardoqli ustozimiz Saʼdulla aka Xoʻjaniyozov turib, yoʻlchi yulduz kabi hayot yoʻlimizni yoritib, nurafshon qildi. Mening ham toʻgarakdagi mashgʻulotlarda qalamim ancha oʻtkirlashdi va faol qatnashib, hayotimga yangi mazmun, yangi yoʻnalish, yangi nur bagʻishladi. Bunda yosh qalamkashlarning jonkuyar gʻamxoʻri va fidoyi murabbiysi Saʼdulla aka Xoʻjaniyozovning xizmatlari beqiyos boʻldi.

Mehri daryo, qalbi, bagʻri olam kabi keng, koʻplab shogirdlar yetishtirishga harakat qilgan, otamizdek qadrdon, aziz ustoz va haqiqiy doʻst Saʼdulla aka Xoʻjaniyozovdan bir umr minnatdorman. Ustozning saʼy-harakatlari va xolisona yordamlari tufayli 1978-yildan Qoraqalpogʻiston teleradiokompaniyasining Amudaryo tumanidagi radiomuxbiri boʻlib ishladim.

Bu sohada qirq yildan ortiq mehnat qilib, ustoz ishonchini oqladim. Mana, bugun ustozim va doʻstim Saʼdulla aka Xoʻjaniyozov 80 yoshga toʻldilar. Hayotidagi donishmandlik pillapoyasida turgan Ustozning davrasi yangi-yangi shogirdlar bilan yanada toʻlib, ustoz-shogirdlik maqomi boqiy boʻlsin. Oʻzining bayozlarida, sheʼrlar va hikoyalarida odamlar dardi, orzu va armonlarini, quvonch va tashvishlarini kuylagan xassos shoir va jurnalist sifatida tuman matbuoti tarixida oʻziga xos nufuzga ega Ustozga qutlugʻ va ulugʻ sakson yoshingiz muborak boʻlsin, deymiz!

Qobul Shomurodov.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026