ZARARLI ODATLAR – UMR KUShANDASI
Inson tabiati juda murakkab va karama-karshiliklardan iborat, u oʻzining nooʻrin hatti-harakatlari bilan hatto oʻz hayotiga nuqta qoʻyishi ham mumkin. Ana shunday ayanchli boʻlgan illatlardan biri bu - tamaki chekish va spirtli ichimliklarga ruju qoʻyishdir.
Hozirgi davrda dunyoda tamaki chekuvchilar soni 1,6 mlrd.ga yetdi va har olti soniyada bir odam aynan tamaki chekish tufayli olamdan koʻz yumadi va chekish yer yuzida aholi oʻlimining asosiy sabablaridan biri boʻlib, har yili dunyoda 5 mln. aholi tamaki chekish tufayli rivojlanadigan kasalliklardan erta hayotdan ketadi. Agar tamaki chekishning tarqalishi shu tarzda oʻsib borsa, ekspertlarning baholashicha 2030-yilga borib ushbu koʻrsatkich 1-yilda oʻn millionga yetadi
Odam chekkanda nikotinning bosh miyaga taʼsiri tufayli unga qaram boʻlib qoladi va smolaning taʼsiri oqibatida erta hayotdan koʻz yumadi. Chunki smola nafas yoʻllari, alveolalarda choʻkadi va xavfli oʻsmalarning rivojlanishiga olib keladi.
Bir dona sigaret tarkibida 12-15 mg. nikotin mavjud boʻlib, uning deyarli 50 foizi tutun orqali atrof-muhitga tarqaladi. Tamaki chekish tufayli yurak qon-tomir, nafas aʼzolari, oshqozon-ichak tizimi kasalliklari va xavfli oʻsmalarning rivojlanish xavfi ortadi. Shu bilan birga asab, ruhiy holatni taranglashtirib, koʻrish va eshitish qobiliyatini susaytirib yuboradi, tish emalini yemiradi va organizmning erta qarishiga hamda oʻlimga olib keladi.
Ashaddiy kashandalar sogʻlom odamlarga qaraganda 13-marta koʻp miokard infarkti va 12-marta koʻp yurak ishemik kasalliklariga duchor boʻladi, aksariyat hollarda ularda buyrak yetishmovchiligi xastaliklari rivojlanadi.
Qadrli yurtdoshlar, tamaki chekishdek zararli odatdan qutilish oʻz qoʻlimizda. Ozgina sabrli, irodali boʻlsak, bu illatdan batamom forigʻ boʻlamiz.
Shunday ekan, oʻz sogʻligimiz qadriga oʻzimiz yetaylik.
J.Yavqashev,
Tibbiyot birlashmasi ASTTQQ va JFO markazi shifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶