Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vaziri Şavkat Xamrayev Amudaryo tumaniga taşrif buyurdi
Amudaryo tumanidagi “Polvon ovul” fermer xöjaligi dalasida körgazmali seminar bölib ötdi. Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikalari Suv xöjaligi vazirligi, tuman hokimligi masʼullari, tizim taşkilotlari, klaster va fermer xöjaligi rahbarlari iştirok etgan tadbirda irrigatsiya bölimlari tarkibida suv xöjaligining maxsus xizmatini taşkil etiş masalalari muhokama etildi.
Seminarda Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vaziri Şavkat Xamrayev Prezidentimizning joriy yil 1-martdagi “Quyi böğinda suv resurslarini boşqarişni takomillaştiriş hamda suv isteʼmolçilari orasidagi munosabatlarni tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19-apreldagi 196-son tegişli qarorining mazmun-mohiyati, mazkur hujjatlarga muvofiq, hududlarda suv resurslarini boşqariş va suv isteʼmolçilariga körsatiladigan xizmatlar hamda maxsus xizmat xodimlari işlarni töğri va sifatli taşkil etişlari uçun tölanadigan mablağ, qöyingki, uşbu yangi tizimning barça bosqiçlari va oldingi tizimdan farqi va samarali jihatlari haqida batafsil tuşuntirib berdi. Seminarda qayd etilganidek, cuv xöjaligining maxsus xizmatida işlovçilar miroblardir. Agarda hududda 10 ta fermer bölsa, ularga 1 nafar mirob tayinlanadi. U suvni hisobini yuritiş uçun har bir fermerga alohida jurnal qöyib, har kunlik olgan suvni fermer bilan imzolaşgan holda hisobini yuritib boradi. Buning uçun fermer suv oliş quloqlarini suv ölçaş imkonini beruvçi jihozlar örnatişi kerak va undagi reyke körsatkiçi böyiça ertalab va keçqurun 2 marotaba suvning miqdori yozib boriladi.
Uşbu jurnalda agarda, navbatlab suğoriş taşkil etilib, neçadir kun uşbu fermerga suv berilmasa, ular ham qayd etilib boriladi. Oyni oxirida dalolatnoma tuziladi. Şu tariqa olingan suv hisobi yuritib boriladi va yakunda uşbu hujjatlar asosida soliq idorasiga hisobot kiritilib, suv isteʼmolçisi olgan suvi böyiça soliqqa tortiladi. Darhaqiqat, suv isteʼmolçisi umumiy meʼyor böyiça emas, amalda olgan suvigagina soliq tölaşning mexanizmi yaratilişi fermerlar uçun ham manfaatli, böladi.
Tadbirda Amudaryo tumanidagi maxsus xizmatga işga qabul qilingan va suv isteʼmolçilari bilan şartnomalar tuzişda faollik körsatgan maxsus xizmat sektor rahbari Ruslan Bekmuratovga motoroller kaliti topşirildi. Şuningdek, hududlardagi faol suvçilarga 10 ta velosiped berildi.
Vazir Şavkat Xamrayev velosipedlarni olayotgan suvçilar bilan suhbatlaşib, ularning neça kilometr kanal va ariqlar böylab harakatlanişi bilan qiziqdi. Masʼullarga suvçi-miroblarning işini töğri taşkil etiş va sifatini oşiriş maqsadida bu kabi trasportlarni köproq ajratiş lozimligini taʼkidladi.
Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Suv xöjaligi vaziri Adilbek Reimbayev, tuman hokimining örinbosari Raşid Salayev va boşqa masʼullar sözga çiqib, suv xöjaligida maxsus xizmat işlarini taşkil etiş böyiça belgilab berilgan vazifalarni hududlardagi masʼullar bilan birgalikda hal etiş çoralarini körişlarini hamda bu borada tuman irrigatsiya bölimi rahbarlari öz işlariga bölgan masʼuliyatini yanada oşirişlari lozimligi taʼkidlaşdi.
Tadbirda fermer xöjaligi rahbarlari va suvçilar yangi taşkil qilinayotgan maxsus xizmat böyiça özlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶