24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 16:08
Jamiyat 👁 426

Mahalladagi xotin-qizlar faoliyatini samarali tashkil etishga bagʻishlangan oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi

Mahalladagi xotin-qizlar faoliyatini samarali tashkil etishga bagʻishlangan oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga asosan respublikamizning har bir shahar va qishloqlarida shuningdek, ulardagi har bir ovul va mahallalarda Xotin-qizlar faoli lavozimi joriy etilgan edi.

Respublikamizning barcha hududlarida boʻlgani singari Amudaryo tumanidagi 49 ta ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlariga ham xotin-qizlar faollari tayinlandi.

Xotin-qizlar faollari xotin-qizlarni oila, mahalla va mehnat jamoalarida ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, maʼnaviyatini yuksaltirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning maʼnaviy-axloqiy muhitini va anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Amudaryo tumanida xotin-qizlar faollari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida oʻquv seminarlari oʻtkazilib kelinmoqda. Jumladan, mahalladagi xotin-qizlar faollari uchun ehtiyojmand oilaning ijtimoiy himoyasi va mahallada ijtimoiy xizmatlarni yuritish ishlarini tashkil qilish maqsadida 23-maydan 27-mayga qadar 5 kunlik oʻquv-seminar oʻtkazilmoqda.

 24-may kuni Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan iqtidorli bolalar maktabida boshlangan oʻquv seminarining ikkinchi kunida tuman hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova yuqoridagi masalalar boʻyicha xotin-qizlar faollariga tushuntirishlar berdi.

Seminarda tumanda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilot mutasaddilari ishtirok etib, xotin-qizlar faollariga ish faoliyatlari davomida zarur boʻladigan barcha nazariy va amaliy bilimlarini berishdi.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, endigina ish faoliyatini boshlagan xotin-qizlar faollari oʻzlarining bor bilim va tajribalari bilan harakat qilib, mahalladoshlari eʼtirofiga sazovor boʻlishmoqda.

Jumladan, 2-sektor hududidagi xotin-qizlar faollari tomonidan 11 ming 854 xonadonda istiqomat qiluvchi 33 ming 498 nafar xotin-qizlarni xatlovdan oʻtkazish toʻliq yakunlandi. Undan tashqari, 29 ming 995 nafar xotin-qizlar haqidagi maʼlumotlar maxsus dasturga kiritildi.

2-sektor rahbariyati huddagi xotin-qizlar faollari bilan samarali tarzda hamkorlik olib bormoqda. Shuningdek oʻz ish faoliyatini namunali tarzda tashkil qilgan faollar sektor rahbariyati tomonidan munosib ravishda taqdirlanmoqda.

Tuman prokurori, 2-sektor rahbari Aziz Roʻzmetov 24-may kuni sektor hududidagi mahallalarning xotin-qizlar faollari bilan uchrashib, xatlov tadbirlarida faol ishtirok etgan Xizr eli, Boʻzsolma, Qilichboy va boshqada ovul hamda mahalla fuqarolar yigʻinlarining xotin-qizlar faollariga tashakkurnoma eʼlon qilib, birinchilar qatorida boʻlgan 3 nafar xotin-qizlar faollariga qimmatbaxo sovgʻalar topshirdi va ularning kelgusidagi ish faoliyatiga omadlar tiladi.

Ishonamizki, mahallalardagi xotin-qizlar faollari xotin-qizlarning taʼlim va kasbiy koʻnikmalar olishlari, munosib ish topishlariga koʻmaklashish, tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini toʻgʻri yoʻnaltirish, gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ishlariga munosib hissa qoʻshadilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026