2-sonli kasb-hunar maktabida “Oçiq eşiklar kuni” bölib ötdi
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoniga asosan Amudaryo xizmat körsatiş va servis kasb-hunar kolleji negizida Amudaryo tumani 2-sonli kasb-hunar maktabi qayta taşkil qilingan edi.
Mazkur öquv yurtida jismonan soğlom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qatʼiy hayotiy nuqtai nazarga ega yoşlarni tarbiyalaş, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini qöllab-quvvatlaş va röyobga çiqariş, hamda bitiruvçilarni xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etiş maqsad qilingan bölib, bu boradagi işlar izçillik bilan amalga oşirilmoqda.
Kasb-hunar maktabida 24 nafar öqituvçi va 13 nafar işlab çiqariş taʼlim ustalari öquvçilarga taʼlim va tarbiya berib kelmoqdalar.
20-may kuni 2-sonli kasb-hunar maktabida “Oçiq eşiklar kuni” bölib ötdi. “Oçiq eşiklar kuni”ga Amudaryo tumani hududidagi barça umumtaʼlim maktablardan 9-sinfni tugatayotgan öquvçilar hamda ularning ota-onalari taşrif buyurişdi.
Tadbir mehmonlariga kasb-hunar maktabida taʼlim olayotgan öquvçi yoşlarning amaliyot davrida tayyorlagan asbob-uskunalari, uy-rözğor buyumlari, panjara eşiklari, mayişiy texnika vositalari, pişiriq va qandolot, tikuvçilik mahsulotlari körgazmaga qöyildi.
Şuningdek, körgazmada “Beş muhim taşabbus” ijrosi asosida taşkil qilingan tögaraklar faoliyatidan lavhalar namoyiş qilindi.
Öquvçilar tomonidan namoyiş qilingan sport çiqişlari, tasviriy sanʼat hamda kitobxonlik körgazmalari, badiiy çiqişlar tadbir iştirokçilarida katta tassurot qoldirdi.
Maʼlumot uçun aytiş kerakki, kasb-hunar maktabida avtomobillarni taʼmirlaş çilangari, avtomobil yuriş qismlariga texnik xizmat körsatiş va taʼmirlaş çilangari, tikuvçi, payvandlovçi, gaz va suv isteʼmol nazoratçi operatori, oşpaz, qandolatçi, hamda axborot vositalari maşinalari va kompyuter tarmoqlari operatori yönalişlari böyiça öquvçilar taʼlim olişmoqda.
Kasb-hunar maktabiga 2022-2023 öquv yili uçun 7 ta yönalişga avtomobil dvigatellarini taşxislaş va taʼmirlaş, avtomobil elektr va elektron jihozlariga xizmat körsatiş, tikuvçilik, payvandlovçi, gaz va suv isteʼmol nazoratçi operatori, oşpaz-qandolatçi, axborot vositalari maşinalari va kompyuter tarmoqlari operatori yönalişlari böyiça 210 nafar öquvçini qabul qiliş rejalaştirmoqda.
“Oçiq eşiklar” kunida malakali ustozlar tomonidan 9-sinf bitiruvçilari va ularning ota-onalariga uşbu yönalişlarda olib boriladigan taʼlim dasturlari yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.
Şu örinda aytiş kerakki, Respublikamizning böylab faoliyat yuritayotgan 339 ta kasb-hunar maktablarining barçasida kelgusida işlaş va oliy taʼlim muassasalariga hujjat topşiriş huquqini beradigan davlat namunasidagi diplom beriladi.
Bilim oliş bilan birgalikda kasb-hunar egallab, özining tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyişni istovçi öğil-qizlarni 2-sonli kasb-hunar maktabi öz bağriga çorlaydi.
F.Eşimbetova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶