KUYuK KÖPIR OVUL FUQAROLAR YIĞINI RAISI SAYLOVI ÖTKAZILDI
Mamlakatimizning barça hududlaridagi kabi Amudaryo tumanida ham joriy yilning 16-may sanasidan fuqarolar yiğinlari raisligiga saylovlar boşlandi. Saylov jarayonlari uyuşqoqlik bilan ötkazilmoqda.
19-may kuni Kuyuk köpir ovulida ham fuqarolar yiğini raisi saylov bölib ötdi. Hududdagi 19-sonli maktab binosida bölib ötgan saylovda ovul fuqarolari nomidan jami 252 nafar vakillar qatnaşdi.
Maʼlumki, 2022-yil 16-mart kuni Oliy Majlis Senati Kengaşining tomonidan “Fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi qarori qabul qilingan edi. Uşbu qarorga va Özbekiston Respublikasining “Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovi töğrisida”gi Qonuniga muvofiq, tumanda har bir ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarida saylovlarni ötkazişga qizğin tayyorgarlik körildi.
Saylovni oşkoralik, tenglik va şaffoflik tamoyillariga amal qilgan holda yuqori saviyada taşkil etiş maqsadida xalq deputatlari tuman Kengaşining qarori bilan saylovni taşkil qiliş va ötkazişga kömaklaşuvçi tuman komissiyasi tuzildi hamda tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Komissiya tarkibiga idora va taşkilotlarning rahbarlari, deputatlar va jamoatçilik vakillari jalb etildi.
Kuyuk köpir ovulida aholi örtasida fuqarolar yiğinlari raisi saylovini taşkil etiş va ötkaziş böyiça işçi guruh tomonidan saylovga tayyorgarlik masalalari böyiça tuşuntiriş işlari taşkil etildi. Köçalar, xonadonlardan fuqarolarning vakillik normasi belgilanib, vakillar röyxati tasdiqlandi. Hududda doimiy yaşovçi fuqarolarning fikrini inobatga olgan holda fuqarolar yiğini raisi lavozimiga nomzodlar böyiça takliflar tayyorlandi.
Fuqarolar yiğini raisi lavozimiga oliy maʼlumotga ega, bevosita saylovga qadar kamida beş yil tegişli hududda doimiy yaşayotgan, taşkilotçilik qobiliyatiga, davlat organlarida yoki nodavlat notijorat taşkilotlarida yoxud tadbirkorlik va boşqa xöjalik faoliyati sohasida iş tajribasiga, şuningdek hayotiy tajribaga va aholi örtasida obrö-eʼtiborga ega bölgan şaxslar nomzod qilib körsatildi.
Işçi guruh hamda saylovni taşkil qiliş va ötkazişga kömaklaşuvçi tuman komissiyasi tomonidan barça nomzodlar örganib çiqilib, tuman hokimi tomonidan Karimova Tamara Otaxonovna hamda Şermetov Jörabek Xolimbetoviçlar nomzodlariga kelişim berildi.
Saylovda har ikkala nomzod dastlab barçani öz dasturi bilan taniştirdi. Şundan söng, Özbekiston Respublikasining “Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovi töğrisida”gi Qonunining 20-moddasiga köra, fuqarolar yiğini raisini saylaş yaşirin ovoz beriş orqali amalga oşirildi.
Ovozlarni sanaş natijalari böyiça sanoq komissiyasi tomonidan Karimova Tamara Otaxonovnaga 127 nafar, Şermetov Jörabek Xolimbetoviçga 121 nafar vakillar ovo bergani maʼlum qilindi. Ovoz berişda iştirok etgan vakillarning yarmidan köproğining ovozini olgan nomzod – amalda ovul fuqarolar yiğini raisi lavozimida işlab kelayotgan Karimova Tamara Otaxonovna fuqarolar yiğini raisi lavozimiga saylandi.
Tumanimizning boşqa hududlarida ham fuqarolar yiğini raisi lavozimiga saylov jarayonlari qizğin davom etmoqda.
O.Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶