Aholini röyxatga oliş nima uçun kerak?
Köp yillik dasturlar, amalga oşirilayotgan tizimli özgarişlar va belgilab olinayotgan rejalar manzil aniq bölsagina, yuqori samara beradi.
Tasavvur qiling, qölingizda Özbekiston xaritasi va unga qarab hududlarga doir birlamçi maʼlumotlarni aytiş mumkin. Masalan, Qoraqalpoğistonda qança aholi yaşaydi, Xorazmda bandlik masalasi qay ahvolda, Surxondaryoda neçta taʼlim muassasasi bor, Farğona vodiysida aholi ziçligi qanday va şunga öxşaş boşqa muhim maʼlumotlar. Biroq bunday yuzaki va taxminiy körsatkiçlar bilan bugungi jadal rivojlaniş va islohotlar davrida uzoqni közlab nimanidir reja qiliş qiyin, albatta.
Aksinça, qölimizda har bir hududga doir aniq faktlar bölsa, rejalarimiz ham, amallarimiz ham manzilli va puxta böladi. Oldingidek, dalaning örtasiga hayhotdek kollej qurib qöyiş kabi pala-partiş holatlar uçramaydi. Aynan şuning uçun bizga butun respublikani qamrab oladigan işonçli maʼlumotlar kerak va ular tadrijiy ravişda yangilanib borilişi şart.
Bunday aniq va yaxlit maʼlumotlar esa aholini röyxatga oliş asosida olinadi. Şunga qarab ötmiş va bugun haqida fikr-mulohaza yuritiş hamda kelajakni farazlaş mumkin. Şuningdek, bu aholining yoşi, jinsi, milliy tarkibi, maʼlumot darajasi, oilaviy holati, bandligi va boşqa tavsiflari haqida maʼlumot olişning yagona manbai hamdir.
Hakimbek Egamberganov, Amudaryo tumani Statistika bölimi boşliği v.v.b

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶