QURILISh SOHASIGA OID YaGONA MAʼMURIY QURILISh REGLAMENTLARI TASDIQLANDI
Bugungi kunda mamlakatimizda qurilish sohasini yanada takomillashtirish, arxitektura hamda qurilish organlari va muassasalarini izchil rivojlantirish mexanizmlarini shakllantirish, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini taʼminlash, sohaga raqamli texnologiyalarni ilgʻor joriy etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021-2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 200-sonli qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti, bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruktsiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti, arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlangan.
Shuningdek, ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslar Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilishi belgilangan.
Qolaversa, davlat siri bilan bogʻliq obʼektlarning birlamchi ruxsat berish hujjatlarini, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ularni ekspertizadan oʻtkazishdan tortib obʼektlarni foydalanishga topshirishgacha boʻlgan barcha qurilish jarayonlari Davlat xizmatlari markazlari ishtirokisiz toʻgʻridan-toʻgʻri qurilish organlari tomonidan amalga oshirilishi koʻrsatilgan.
Nazokat Alliyazova, tuman Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶