24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 14:29
Jamiyat 👁 347

Shermonovlar oilasi “Vatanparvar oila” nominattsiyasi sohibi boʻldi

Shermonovlar oilasi “Vatanparvar oila” nominattsiyasi sohibi boʻldi

Oilalarni mustahkamlash, ularni qoʻllab-quvvatlash, oilaviy qadriyatlarni targʻib qilish borasida keng koʻlamli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Maʼnaviy-ahloqiy muhitni yaxshilash, farovonlik darajasini oshirish, xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashning huquqiy asoslari yaratilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni bu boradagi ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyishda dasturilamal boʻlmoqda. Mazkur farmonga koʻra, “2022-2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish boʻyicha Milliy dasturni 2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi” tasdiqlangan.

Unda xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy qoʻllab-quvvatlash bilan bir qatorda, oilalarni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar, jumladan, “Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi” koʻrik-tanlovini oʻtkazish belgilangan.

 Amudaryo tumanining Jumurtov shaharcha fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qiluvchi Shermonovlar oilasi ham ushbu koʻrik-tanlovda munosib ravishda ishtirok etishdi.

Dastlab, mahallada soʻngra tuman miqyosida ibratli oila sifatida eʼtirof etilib, Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Vatanparvar oila” nominattsiyasi sohibi boʻlgan ushbu oila haqiqatdan ham tumanimizdagi yosh oilalarga har tomonlama namuna boʻlib kelmoqda.

Oila ustuni Shermanov Bahrom 1973-yilda ziyoli oilada dunyoga keldi. U oʻrta maktabni 1990-yilda tugatib, Qozogʻiston Davlat Universitetiga oʻqishga kirgan. Mazkur Universitetni 1996-yili tugatib, “Jumurtov Farfared” tosh maydalash koni rahbari lavozimida ish faoliyatini boshladi. 1998-yilda turmush oʻrtogʻi Nilufar Saidova bilan oila quoishdi. Ushbu oila 24-yildan buyon ahil va inoq boʻlib tinch-totuvlikda yashab kelishmoqda.

Bahtli oilaning 3 nafar qizi va bitta oʻgʻli bor.

Toʻngʻich farzandi Farida Nukus davlat pedagogika institutining xorijiy filologiya fakulʼtetida 4-kurs talabasi, ikkinchi farzandi Anora esa, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2-bosqich talabasi, uchinchi farzand Shoira ham katta opasi Faridaning izidan ergashib, xorijiy til fakulʼtetiga oʻqishga kirdi. Kenja farzand Dilshodbek esa, 86-sonli umutaʼlim maktabining 10-sinfida tahsil oladi.

Jumurtov shaharcha fuqarolar yigʻini tuman markazidan uzoqda joylashgan boʻlishiga qaramasdan ota-ona farzandlarining uqib bilim olishi va kasb-hunar egallashlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berishgan.

Oila boshi Bahrom Shermonov 2016-yildan buyon Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati sifatida mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli bilan doimiy hamkorlik qilib, mahalla hududidagi kam taʼminlangan, ijtimoiy yordamga muhtoj aholiga oʻz yordamini koʻrsatib kelmoqda.

Deputat oʻz faoliyati davomida saylov okrugi hududidagi 3 ta maktabning taʼmirlanishida oʻzining moddiy yordamini koʻrsatib, mahalladoshlarining yuksak hurmat va eʼtiboriga sazovor boʻldi.

Aholidan kelib tushayotgan turli mazmundagi murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga  deputat soʻrovi bilan murojaat qilib, koʻplab muammolarning hal qilinishiga erishdi.

Turmush oʻrtogʻi Nilufar Saidova hozirgi kunda 43-sonli umumtaʼlim maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi. Oʻz hamkasblari va oʻquvchilar orasida fidoiy va mehribon ustoz sifatida tanilgan, maktab jamoasining doimiy hurmat va eʼtiborida boʻlgan ayol, oʻquvchilarini oʻz farzandlaridek koʻradi. Ularga taʼlim va tarbiya berishdan hech ham charchamaydi.

Turmushning eng yaxshi va ibratli udumlari, anʼanalari, hayot sinovidan oʻtgan talab va taqozolari asosiga qurilgan ushbu oila ishonamizki, hali uzoq yillar yosh oilalarga ibrat va namuna boʻlib qoladi.

Niyatimiz, har bir oila maʼnaviy sogʻlom, baxtli va xotirjam hayot kechirsin. Oila bagʻrida ulgʻayayotgan farzandlar komil inson sifatida voyaga yetib, davlatimizning kuchiga kuch, qudratiga qudrat qoʻshaversin.

 Zero, oila jamiyatning asosiy boʻgʻini ekan, uning mustahkam boʻlishi, farovonligi davlatimiz va jamiyatimiz ravnaqiga xizmat qilishi, shubhasizdir.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026