MAKTABDA JURNALIST BILAN IJODIY UChRAShUV OʻTKAZILDI
Yaqinda tumanimizdagi 33-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ushbu muassasa maʼmuriyati va ijodiy –madaniy ishlar boʻyicha targʻibotchisi tashabbusi bilan “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri Oygul Rajabova bilan oʻquvchilarning ijodiy uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Iqtidorli oʻquvchilarni yanada ragʻbatlantirish, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish va ijodiy koʻtarinki kayfiyat bagʻishlash maqsadida oʻtkazilgan tadbirni maktab direktori Hanifa Yaxshimova ochdi va olib bordi.
Shunisi eʼtiborliki, ushbu maktab tumanimizdagi taʼlim- tarbiya ishlari namunali tashkil etilgan muassasalarning biri. Bu yerda Prezidentimiz yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish borasida belgilab bergan besh tashabbusi doirasida tashkil etilgan toʻgaraklarda , shuningdek fan toʻgaraklarida oʻquvchilar muntazam bilimi va iqtidorlarini oshirib bormoqdalar. Ijodkor oʻquvchilar bilan ishlashish , ularning qobiliyatlarini rivojlantirishga ham alohida eʼtibor qaratilayotir. Shuning uchun ham ijodkor jurnalist bilan oʻtkazilgan uchrashuv oʻquvchilar uchun juda hayajonli va qiziqarli boʻldi . Tadbir mehmoni Oygul Rajabova yigʻilganlarga oʻzining ijodiy faoliyati haqida gapirib , sheʼrlaridan oʻqib berdi, oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar qaytardi.
Uchrashuv barchada yaxshi taassurotlar qoldirdi.
Nigora BOBOJONOVA, shu maktab- ijodiy madaniy ishlar boʻyicha targʻibotchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶