PROFILAKTIKA INSPEKTORINING FUQAROLAR YIĞINI MASʼULLARI VA JAMOATÇILIK BILAN HAMKORLIGI MUHIM AHAMIYaT KASB ETADI
Profilaktika inspektori öziga biriktirilgan maʼmuriy hududda jamoat tartibini saqlaş, Özbekiston Respublikasi fuqarolari, çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning huquqlarini, qonuniy manfaatlarini, mol-mulklarini turli xil jinoiy tajovuzlardan himoya qiliş hamda xavfsizlikni, şuningdek, huquqbuzarlik profilaktikasini taʼminlaş borasidagi faoliyatni amalga oşiradi.
Undan taşqari, profilaktika inspektori huquqbuzarliklar profilaktikasini qonunda berilgan vakolatlar doirasida fuqarolarning özini özi boşqariş organlari va jamoatçilik imkoniyatidan unumli foydalangan holda olib boradi. Jamoat tartibini saqlaş, fuqarolar xavfsizligini taʼminlaş, huquqbuzarliklarning sodir etilişi sabablarini va ularga imkon berayotgan şart-şaroitlarni aniqlaş, ğayriijtimoiy xulq-atvorga ega va huquqbuzarlik sodir etgan şaxslarni aniqlaş, profilaktik taʼsir körsatiş orqali ularning xulq-atvorini tuzatiş kabilarga kömaklaşadilar.
Profilaktika inspektori maʼmuriy hududda xizmat faoliyatini amalga oşirişda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qiladi. Bu borada Özbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi «Huquqbuzarliklar profilaktikasi töğrisida»gi qonunining 4-moddasida asosiy vazifalar belgilab berilgan. Şuningdek, mazkur qonunning 21-moddasida profilaktika inspektori huquqbuzarliklar profilaktikasida fuqarolik jamiyati institutlari, jumladan fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, nodavlat notijorat taşkilotlari bilan hamkorlikda amalga oşiradigan yönalişlar körsatilgan.
Unga köra, profilaktika inspektori maʼmuriy hududni profilaktik közdan keçiriş va kriminogen vaziyatni tahlil qiliş, jamoat tartibini saqlaş va fuqarolar xavfsizligini taʼminlaş, huquqbuzarliklarning umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik profilaktikasini taşkil etiş va amalga oşirişda hamkorlik qiladi. Şu bilan birga fuqarolarni qabul qiliş, ularning ariza va şikoyatlarini körib çiqiş va hal etiş, maʼmuriy huquqbuzarliklarni aniqlaş va ular töğrisidagi işlarni yuritiş hamda hal qiliş, pasport-viza va nazorat-litsenziyalaş qoidalariga rioya etilişini taʼminlaş kabilar ham hamkorlikda amalga oşiriladi.
Profilaktika inspektorining bugungi kunda keng jamoatçilik, şu jumladan, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi hududlarda osoyiştalikni taʼminlaş, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olişda muhim ahamiyat kasb etadi.
A.Jumaboyev, IIV Akademiyasi 3-öquv kursi kursanti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶