ZÖRAVONLIK YoKI ŞAFQATSIZLIK TARĞIB QILIŞ IJTIMOIY XAVFLI JINOYaT
Şaxs manfaatlarini, uning huquq va erkinliklarini jinoiy tajovuzlardan himoya qiliş Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining asosiy vazifalaridan biridir.
Darhaqiqat, insonning hayoti va soğliği şaxsning bebaho boyligi hisoblanadi. Uni bu boylikdan mahrum etiş yoki şikast yetkaziş oğir jinoyat hisoblanadi. Bu esa, uşbu turdagi jinoyatlarning xavflilik darajasi yuqori ekanligini körsatadi. Şuningdek, şaxsga qarşi jinoyatlarni ijtimoiy xavflilik darajasining yuqoriligi, ularning sodir etilişi natijasida hayot va soğliq, jinsiy erkinlik, oila va yoşlarning manfaatlari, axloq normalari, şaxsning ozodligi, şaʼni va qadr-qimmati, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga jiddiy zarar yetkazilişi bilan şartlanadi.
Zöravonlik va şafqatsizlikni tarğib qiluvçi mahsulotlarning tarqatilişi, namoyiş qilinişi yoki reklama qilinişi jamiyatimizda umumeʼtirof etilgan anʼana va qadriyatlarimizga, şuningdek, madaniy va maʼnaviy hayot tarzimizda zörlik işlatiş, hurmatsizlik, şafqatsiz munosabatlar va axloqsiz xulq-atvor şakllanişiga sabab böladi. Aytiş joizki, şaxsni zöravonlikka, şafqatsizlikka çorlovçi turli suratlar, matbuot naşrlari, videokassetalarning tarqatilişi insonlar ongida salbiy özgarişlarni yuzaga keltiradi. Tabiiyki, bunday salbiy omillar şaxsning, ayniqsa, yoşlarning şakllanişiga salbiy taʼsir körsatadi. Şu sababli bunday harakatlarni sodir etganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 130- va 130/1-moddalarida nazarda tutilgan qilmişlar axloqiy tarbiya sohasidagi davlat siyosatiga va insonning maʼnaviy şakllanişiga tajovuz hisoblangani uçun uşbu moddalarda tegişli jazo çoralari körsatilgan. Binobarin, Özbekiston Respublikasi davlati va jamoatçiligi ösib kelayotgan yoş avlodni barkamol qilib tarbiyalaş, şu jumladan, yoşlar ongida umumeʼtirof etilgan axloqiy printsiplarni singdirişga manfaatdordir.
Ş.Şermanov, ÖzR IVV akademiyasi 3-bosqiç kursanti.
A.Tajiyev, podpolkovnik.
D.Şarifova, kapitan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶