22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 00:09
Siyosat 👁 467

QANGLI OVULIDA ChEGARA MASALALARIGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

QANGLI OVULIDA ChEGARA MASALALARIGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

Qangli ovulida chegara masalalari hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara zonasi va chegara mintaqasini belgilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash” toʻgʻrisidagi qarorlari mazmun-mohiyatini tushuntirishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

27-aprel kuni boʻlib oʻtgan tadbirda Davlat xavflik xizmati tuman boʻlimi, Davlat xavflik xizmatiga qarashli chegara qoʻshinlari xodimlari, fuqarolar yigʻiniga biriktirilgan profilaktika inspektori va mahalla faollari ishtirok etishdi.

Yigʻilishda soʻzga chiqqan masʼullar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara zonasi va chegara mintaqasini belgilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori mazmun-mohiyati toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berib, “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq chegara zonasi va chegara mintaqasini belgilash tartibi, shuningdek, chegara rejimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishni aytib oʻtdilar.

Shunga muvofiq qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining mazkur Qaroriga koʻra, 2022-yil 1-aprelga qadar joylarda chegara zonasi va chegara mintaqasi chizigʻini belgilanishi va kirish joylarida ogohlantiruvchi hamda axborot belgilarini oʻrnatish choralari koʻrilishi, chegara zonasi va chegara mintaqasida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizom talablari bajarilishi taʼminlanishi kerakligini taʼkidladilar.

Shuningdek, diniy-ekstremistik oqimlar tarkibida sodir etgan jinoyati uchun jazo oʻtagan, hozirda tuzalish yoʻliga kirgan va amnistiya tufayli ozodlikka chiqqan shaxslar bilan oʻtkaziladigan tarbiyaviy ishlarda qatnashish, ularga aqidaparastlikning asl mohiyati va zararli oqibatlarini tushuntirish orqali ijobiy taʼsir oʻtkazish kerakligi xususida keng toʻxtalib oʻtdilar.

Taʼkidlanganidek, tinchlikni asrash hushyorlik va ogohlikni talab qiladi. Shu nuqtai-nazardan, globallashuv jarayonlari shiddatli tus olgan hozirgi zamonda xalqimizda, ayniqsa, yoshlarda milliy gʻurur, iftixor, tuygʻusini, yanada chuqurroq shakllantirish, yot gʻoyalardan saqlovchi mafkuraviy immunitet shakllantirish Oʻzbekistondek buyuk Vatanimiz kelajagiga oʻzini maʼsul hisoblovchi barcha yurtdoshlarimizning, shu jumladan, diniy soha xodimlarining muhim vazifasi boʻlib qoladi.

Yigʻilish davomida davlat chegarasi rejimi, chegaraning shaxslar va transport vositalari tomonidan kesib oʻtilishi, tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlarni olib oʻtish, xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat yuritish, davlat chegarasini buzishda javobgarlik choralari xususidagi savollarga toʻliq javoblar berildi. Shuningdek, hududdagi aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari ham oʻrganildi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026