24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 14:29
Jamiyat 👁 378

“Besh muhim tashabbus” doirasidagi olimpiadalar yuqori saviyada oʻtkazildi

“Besh muhim tashabbus” doirasidagi olimpiadalar yuqori saviyada oʻtkazildi

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida “Besh muhim tashabbus” ilgari surildi. Bu – yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini oʻz ichiga oladi. Ushbu maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Respublikamiz boʻylab “Besh tashabbus olimpiadasi” oʻtkazilmoqda.

Jumladan Amudaryo tumanida mavjud 49 ta ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida “Zukko kitobxon” tanlovining mahalla bosqichi oʻtkazilib unda 250 ta jamoa vakillari ishtirok etdilar.

25-aprel kuni Oʻrta qalʼa hamda Qilichboy ovul fuqarolar yigʻinida “Zukko kitobxon” tanlovining mahalla bosqichi yuqori saviyada oʻtkazildi. Unda “Alpomish”, “Buyuklar”, “Zukkolar”, “Donolar” jamoalari ishtirok etib, oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar. Tanlov shartlari tajribali ekspert va hakamlar tomonidan odilona baholab borildi. Yakuniy natijalarga koʻra, “Alpomish” jamoasi sektor bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Shu kuni Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini hududida joylashgan 15-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ham tanlovning mahalla bosqichi oʻtkazildi. Unda ovul aholisi yoshlaridan iborat “Istiqlol”, “Jayhun” “Bilimdon”, “Amudaryo” jamoalari qatnashishdi. Oʻquvchi yoshlar jahon hamda oʻzbek adabiyoti namunalaridan tuzilgan savollar asosida oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi. “Jayhun” jamoasi yoshlari oʻz tengdoshlarini ortda qoldirib birinchi oʻrinni hamda tanlovning sektor bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.

Shu oʻrinda aytish joizki, yoshlarga boʻlgan eʼtibor bugun har qachongidan ham kuchaygan sababi ertangi kun taqdiri Vatan koriga yaraydigan barkamol oʻgʻil-qizlar qoʻlidadir. Ularni turli yot gʻoyalarga ergashib ketmasligi va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari doimo diqqat markazida boʻlgan. Shu maʼnoda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish boʻyicha ilgari surilayotgan “Besh muhim tashabbus” doirasidagi tadbirlar oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.

26-aprel kuni Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimida sportning shaxmat turi boʻyicha “Yoshlar ishlari agentligi kubogi”ning sektor bosqichi boʻlib oʻtdi.

Raqiblar uchrashuvi shiddatli va murosasiz kechdi. Yakuniy natijalarga koʻra 1 sektordan Jahongir Aminov, Ziyoda Saʼdullayeva, 2-sektordan Azimjon Pahimov, Durdona Rahimova, Rahmatjon Rahimov, 3-sektordan Ogʻabek Toʻrayev, Kamola Qadaboyeva, Rayxon Shamuradova va 4-sektordan Suhrob Maqsudov, Mashxura Rajapovlar gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi. Sektor bosqichida 1-oʻrinni egallagan ishtirokchilar tuman bosqichi uchun shaxmat donalarini suradi.

Shu kuni Beruniy mahallasi hududidagi “Istiqlol” toʻyxonasida Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi “Bilim ring” intellektual klubi hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi hamda bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda intellektual oʻyinning tuman birinchiligi oʻtkazildi.

Turnirda 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan havaskor bilimdonlar qatnashishdi. Tuman birinchiligida ishtirok etgan 42 ta jamoa bir-birlariga munosib raqib ekanligini amalda isbotladilar.

Turnir koʻtarinki ruhda va murosasiz tarzda kechdi. Yakuniy natijalarga koʻra, Oq oltin ovuli jamosi 1-oʻrinni, Navoiy mahallasi jamoasi 2-oʻrinni, Namuna mahallasi jamoasi 3-oʻrinni egalladilar. Fahrli oʻrinni egallagan jamolar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan diplom hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Shu kuni tumanimizning Chordara mahallasi hududidagi Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida stol tennisi boʻyicha sektor bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda ishtirokchilar 16-21, 22-26, 27-30 yosh toifasida kuch sinashdilar. Musobaqa hakamlar hayʼati tomonidan odilona baholab borildi.

Musobaqada gʻolib boʻlgan 20 nafar ishtirokchi tuman bosqichishga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.

Kun boʻyi davom etgan barcha musobaqalar yoshlarda oʻzgacha tassurot hamda sportga boʻlgan ishtiyoqni uygʻotdi. Aslida maqsad ham shunday. “Besh muhim tashabbus” doirasidagi musobaqalar yangi qobiliyatlarni kashf yetishda hamda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026