24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 14:28
Jamiyat 👁 182

Mahallalardagi xotin-qizlar faollarining ish faoliyatini samarali tashkil etishga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi

Mahallalardagi xotin-qizlar faollarining ish faoliyatini samarali tashkil etishga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi

Prezidentimizning joriy yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori bilan Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi tashkil etildi.

Qarorga koʻra, mahallalardagi xotin-qizlar faollari lavozimlariga nomzodlar ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilindi. Bugun Amudaryo tumanida mavjud 49 ta ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarining har biriga mahalladagi xotin-qizlar faoli tayinlangan.

Nomzodlar mahalladoshlari orasida hurmat-eʼtiborga ega, har jihatdan ayol-qizlarga namuna boʻla oladigan salohiyatli kadrlar orasidan tanlab olingan. Yangidan joriy qilingan tizim asosida oʻz faoliyatini boshlagan ayol-qizlar oldida bugun gʻoyat masʼuliyatli vazifalar turibdi.

25-aprel kuni xotin-qizlar faollari faoliyatini samarali tashkil etish hamda zaruriy bilim va koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan Amudaryo tumani iqtidorli bolalar maktabi binosida 2 kunlik oʻquv-seminarlar tashkil qilindi.

Seminarda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, hokim oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova va boshqalar soʻzga chiqib, ayol-qizlarga yaratilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlar haqida toʻxtalib, xotin-qizlar faollariga ish faoliyatlarida muvafaqqiyatlar tiladi.

Shundan soʻng trener Gulzira Prniyazova tomonidan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qabul qilingan qaror va farmonlarning mazmun-mohiyati batafsil tushintirildi. Shuningdek, xodimlarning ish faoliyatini samarali tarzda tashkil etishlari boʻyicha muhim koʻrsatmalar berilib, eʼtibor qaratishlari lozim boʻlgan jihatlar, oldinda turgan  muhim vazifalar, yordamga muhtoj ayol-qizlarning muammolarini tizimli hal etish boʻyicha tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, mahallalarda “xonadonbay” va “fuqarobay” ishlash samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohatlar alohida eʼtirofga loyiq. Cababi, mahallalarda yangidan joriy qilingin hokim yordamchilari − kambagʻallikni qisqartirish va yangi ish oʻrinlari yaratishga, yoshlar yetakchisi − yoshlar siyosati va yoshlar balansiga, xotin-qizlar faoli esa − ayollar masalasi va ularning dardu-tashvishi bilan ishlashga javob beradi.

Mahallalarda yaratilgan ushbu yaxlit tizim orqali har bir fuqaroning muammolari tizimli ravishda hal etiladi.

Bugun ayol-qizlarga boʻlgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik har qachongidan ham oshgan. Sababi, Vatan taqdirini belgilovchi yosh avlodning har tomonlama barkamol shaxs boʻlib voyaga yetishlari aynan oiladagi muhitga va oqila ayol-qizlarimizga bogʻliq.

Xotin-qizlarimizning hamda butun xalqimizning ishonchli vakillari sifatida oʻz faoliyatini boshlayotgan mahallalardagi xotin-qizlar faollarining kelgusidagi ish faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz!

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026