ATROF-MUHIT TOZALIGI XALQ SALOMATLIK KAFOLATDIR
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “2017-2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2916-sonli Qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Toza hudud” davlat unitar korxonasi tashkil etilgan. Korxonaning Amudaryo tumani filialiga qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash uchun 9,9 gektar yer maydoni ajratilib, roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2020-yil 3-apreldagi 96-sonli Qaroriga koʻra, koʻp xonadonli yoki yakka tartibdagi uylarda istiqomat qiluvchi 1 nafar shaxs uchun bir hisob birligiga toʻgʻri keladigan qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish meʼyori 750 gramm qilib belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrdagi “Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun toʻlovlarni toʻlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun jismoniy shaxslar tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimi shakllantirilgan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Toza hudud” davlat unitar korxonasining Amudaryo tumani filiali tumandagi 48 ta ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari bilan birgalikda jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun xizmatlar koʻrsatish boʻyicha ommaviy shartnomalar tuzgan holda hududlardagi aholiga xizmat koʻrsatib kelmoqda. Ayni paytda Amudaryo tumanidagi 90 ming 460 nafar aholiga xizmat koʻrsatilmoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Toza hudud” davlat unitar korxonasi Amudaryo tumani filiali aholiga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan 18 ta maxsus texnikalar mavjud boʻlib, 14 ta axlat tashuvchi, 1 ta multilift, 1 ta assenizator, 1 ta buldozer aholiga, davlat idoralari hamda tadbirkorlik subʼektlariga xizmat koʻrsatib kelmoqda. Hozirgi kunda korxonada 54 nafar ishchi xodimlar mehnat qilishmoqda.
2022-yil boshidan shu kungacha aholidan maishiy chiqindi uchun jami tushgan tushum salkam 500 million soʻmni tashkil etadi. Shunday boʻlsa-da, aholining debitor qarzdorligi 877 million soʻmdan ortiq boʻlib, ushbu qarzdorliklarni undirish maqsadida zarur choralar koʻrilmoqda.
Koʻrsatilgan xizmatlar uchun 6 oy davomida toʻlov qilmagan va qarzdorligi 100 ming soʻmdan oshgan jismoniy shaxslar ustidan sudga daʼvo arizalari kiritilmoqda. Xususan, 2022-yil boshidan beri 226 nafar abonent pochta orqali ogohlantirilib, 83 nafar abonent qarzdorligi sudga kiritilgan.
Ayni paytda tumandagi 125 ta xoʻjalik hisobidagi tashkilotlar bilan ham shartnomalar tuzilib, korxona tomonidan xizmatlar koʻrsatilmoqda. Yuridik tashkilotlarga koʻrsatilgan xizmatlardan joriy yil davomida 60 million soʻmdan ortiq tushum boʻlgan. Debitor qarzdorlik esa 171 million soʻmdan ortiqni tashkil etadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2020-yil 15-iyundagi Qaroriga asosan jismoniy shaxslarga bir kishiga 2600 soʻm, yuridik tashkilotlar uchun esa 1 kub metr chiqindini olib chiqish uchun 52 900 soʻm toʻlov qilinishi belgilangan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Toza hudud” davlat unitar korxonasining Amudaryo tumani filiali xodimlari ovul va mahallalar hududidagi koʻchalaridan qattiq maishiy chiqindilarni tasdiqlangan jadval boʻyicha shartnoma asosida “Signal” usulida olib chiqib ketilishini taʼminlamoqda. Zero, atrof muhit tozalagi – xalq salomatligi garovidir.
Risolat IBRAGIMOVA, amunews.uz jamoatchi muxbiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶