16-SONLI MAKTABDA FUQARO MUHOFAZASI KUNIGA BAĞIŞLANGAN TADBIR ÖTKAZILDI
Kundalik turmuşimizda insonning xavfli vaziyatlarga tuşib qoliş ehtimoli katta. Bu turmuşdagi jarohat, transport yoki sanoat avariyasi, yonğin, suv toşqini, sel oqimi yoki boşqa tabiiy hodisalar bölişi mumkin. Bunday vaziyatlarda holatni baholay oliş, töğri harakat qilişga tayyor turiş jabrlanganlar sonining kamayişiga va moddiy zararning kamayişiga olib keladi.
Amudaryo tumanida 1-aprel kunidan 1-may kuniga qadar bölgan davr “Favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va fuqaro muhofazasi oyligi” deb belgilandi. Tuman hokimi – Fuqaro muhofazasi boşliğining şu yil 31-martdagi tegişli buyruği talablariga asosan oylik doirasida hududlarda tadbirlar ötkazilib, fuqarolarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik holatlari körib çiqilmoqda.
Joriy yilning 19-aprel kuni navbatdagi tadbir 16-sonli maktabda taşkil etildi. Unda tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi masʼullari, maktab direktori Ravşanoy Örozboyeva, Çaqiriqqa qadar boşlanğiç tayyorgarlik rahbari Akmal Saidov hamda maktab öquvçilari iştirok etdilar.
Tadbirda taʼkidlanganidek, xavf tuğilganda tezlikda qanday vaziyat yuz berganligini baholay oliş, xavfning favqulodda vaziyatga aylanişiga yöl qöymaslik, xavfli vaziyatdan çiqib ketiş uçun töğri harakat qila biliş alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday vaziyatlarning muvaffaqiyatli tugaşiga odatda insonning qiyinçiliklarni yengişga bölgan tayyorgarligi hisobiga erişiş mumkin.
Mazkur oylikni ötkazişdan maqsad – tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda maktab öquvçilarining töğri harakat qiliş könikmalarini takomillaştiriş, fuqaro muhofazasi böyiça tuzilgan guruhlarni keçiktirib bölmaydigan avariya va qutqaruv işlariga tayyorgarligini kuçaytirişdan iborat.
Şuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda fuqaro muhofazasi guruhlarining öz majburiyatlarini aniq va töğri bajarişini amaliyotda sinaş va örganiş, tuman fuqaro muhofazasi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlarini takomillaştiriş kabilar ham közda tutilgan.
Tadbir masʼullar kuzatuvida ikki bosqiçda olib borildi. Birinçi bosqiçda “Maktabda yuzaga kelişi mumkin bölgan favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi guruhlari va maktab rahbariyatining harakatlari” mavzusida öquv maşqining nazariy qismi ötkazildi. Maktab içkarisida öquvçilarga kutilmaganda favqulodda hodisalar sodir bölib qolganida bajarişi lozim bölgan harakatlar tuşuntirildi va buni amaliyotda bajariş uçun öquvçilar guruhlarga bölib olindi.
Ikkinçi bosqiçda maktabda kutilmagan avariya hodisalari sodir bölganida dastlabki harakat qiliş jarayonlari bajarildi. Favqulodda holatda jabrlanganlarga maktab fuqaro muhofazasi guruhlari tomonidan birinçi yordam körsatiş, oğir ahvolga tuşganlarni qutqariş kabi işlar amalda körsatib berildi.
Tadbirda maktab rahbarlar tarkibi va fuqaro muhofazasi tuzilmasidan 44 nafar öquvçilar, tuman Favqulodda vaziyatlar bölimidan 2 nafar xodim va maktab öqituvçi va öquvçilaridan 65 nafari qatnaşdi. Tadbirga taşrif buyurgan masʼullar tadbir davomida iştirokçilarning amaliyotda yöl qöygan kamçiliklarini körsatib berişdi. Şuningdek, bunday kamçiliklarga yöl qöymasliklari kerakligi, favqulodda vaziyatlarga doim tayyor turiş lozimligi, aks holda kutilmagan xavfli hodisalar oğir oqibatlarni keltirib çiqarişi mumkinligi aytib ötildi.
B.Tajiboyev, tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi bölinma boşliği, kapitan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶