62-SONLI MAKTABDA UÇ AVLOD UÇRAŞUVI ÖTKAZILDI
Amudaryo tumanining Amir Temur nomli ovulidagi 62-sonli umumtaʼlim maktabida tumandagi taniqli ustoz-ijodkorlar iştirokidagi uç avlod uçraşuvi hamda amaliy fanlar oyligi doirasidagi tadbirlar taşkil etildi.
19-aprel kuni bölib ötgan tadbirlarga elda taniqli va ardoqli ijodkorlar Tursunboy Abdullayev va Ahmad Nafasovlar taşrif buyurdilar. Ijodkorlar maktab öquvçilariga özining hayotiy könikmalarini, ijod sirlarini öquvçilarga qiziqarli tarzda sözlab berdi.
Ustoz-ijodkorlar hayotlari va ijodi, öz qalamlariga mansub nasriy va şeʼriy töplamlari, yangi ijod namunalari haqida öquvçilarga sözlab berdilar. Uçraşuv davomida şoir Tursunboy Abdullayev özining 2021-yilda bosmadan çiqqan “1001 salom va yangi salomlar” nomli asarini ham taniştirib ötdi. Muallifning uşbu asarida özbek xalqining milliy urf-odatlaridan kelin salom va uning bir qança turlari haqida aytib ötdi. Şuningdek, kitobdan örin olgan kelin salomlarida aytiladigan turkumlardan namunalar öqib eşttirdi.
Ustoz-ijodkor Ahmad Nafasov taniqli salomçi Tursunboy Abdullayev hayoti va ijodiga bağişlab yozgan “Salomçi – mening unvonim” kitobi, uning yaratiliş tarixi haqida ham maʼlumotlar berib ötdi. Uçraşuv maktab jamoasi va öquvçilarda iliq taassurot qoldirdi.
Ijodkorlar bilan ötkazilgan suhbatdan öquvçilardagi ijodga, kitobxonlikka bölgan qiziqiş yanada oşirdi. Tadbirda maktabning 9-sinf öquvçisi Nazokat Rajabova, 11-sinf öquvçisi Mahliyo Şaripova, 10-sinf öquvçisi Marhabo Töraboyeva kabi maktabdagi havaskor şoira qizlar özlarini qiziqtirgan savollarini berişdi va ijodkorlarning şeʼrlaridan namunalarni yoddan aytib, davraga jöşqinlik baxş etişdi.
Şundan söng, aprel – amaliy fanlar fan oyligi doirasida maktabning texnologiya fani öqituvçisi Laylo Nurmamatova 6-sinflarda “Döppi tikiş va döppilarga andoza oliş” mavzusida namunaviy oçiq dars taşkil qildi. Dars davomida öquvçilarga döppilarning ölçamini oliş, tikişda foydalaniladigan iplar, işlatiladigan çoklar, tanlanadigan matolar töğrisida tuşunçalar berildi. Amaliy tarzda andoza oliş va çok işlatişlar körsatib berildi.
Boşlanğiç sinf öqituvçisi Bahor Arikova ham 1-sinfda matematika fanidan “Ikki amalli masalalar” mavzusida namunaviy dars taşkil qildi. Darslar zamonaviy uslublardan, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanilgan holda ötildi. Öquvçilar guruhlarga bölinib, özlaştirilgan bilimlarni yana sinovdan ötkazişdi. Qiziqarli ötilgan mavzular öquvçilarga juda manzur böldi.
Şu kuni “Farzandimga kitob sovğa qilaman” aktsiyasi doirasida kitoblar köçma dökoni taşrif buyurdi. Köçma dökondagi turli mavzulardagi adabiyotlar, şeʼriy va nasriy asarlardan iborat kitoblardan har kim qiziqişiga qarab tanladi. Öquvçilar va ularning ota-onalari özlari yoqtirgan kitoblarni xarid qilişdi.
Ijodkorlar bilan ötkazilgan suhbat, qiziqarli ötgan oçiq öquv maşğulotlari, turfa kitoblar töla rastalar, maqol va şiorlar, turli ertak qahramonlari rasmlari tuşirilgan bannerlar tadbir iştirokçilarga yuqori, kötarinki kayfiyat baxş etdi. Tafsilotlarga boy ötgan tadbirlar barçaga birdek manzur böldi.
Şoira Örazmatova, 62-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶