14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 19:57
Fan va taʼlim 👁 261

"Jayxun ilhomlari" NNT grant loyihasi doirasida davra suhbati oʻtkazildi

"Jayxun ilhomlari" NNT grant loyihasi doirasida davra suhbati oʻtkazildi

Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan “Yoshlar – yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” loyihasining kalendar rejasi boʻyicha tumanning barcha joylarida davra suhbatlari, uchrashuvlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Tashkilotning asosiy maqsadi tumanimizdagi ijodkor shoir va yozuvchilar, sanʼatkorlar, amaliy sanʼat ustalarini izlab topib, ularning iqtidorini elga tanitish, yoshlarning barkamol, maʼnaviy yetuk insonlar boʻlib yetishishiga erishishdir.

Shu maqsadlarda tashkilot tomonidan maktablarda, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida, korxona va tashkilotlarda oʻtkazilayotgan har bir uchrashuv va davra suhbatlarida mahalla faollari, mehnat faxriylari, imomlar, ijodkorlar, maʼnaviyat targʻibotchilari ishtirok etib tushuntirish ishlarining samarali boʻlishiga erishilmoqda.

“Oilada yoshlar tarbiyasining ahamiyati”, “Yoshlarning maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni kitobxonlikka jalb qilish”, “Farzand tarbiyasida ota-onalar va mahallaning oʻrni”, “Yoshlarni giyohvandlik, ichkilikbozlik va boshqa illatlardan himoya qilish” mavzularidagi suhbatlar barchada katta qiziqish uygʻotmoqda va bu borada keng tarzda fikr mulohazalar bildirilmoqda.

Yoshlarning bilim va iqtidorini, fikr-mulohazalarini sinash maqsadida tashkilot tomonidan maktab oʻquvchilari orasida turli mavzularda insholar tanlovlari oʻtkazilib, tanlov gʻoliblari va ishtirokchilari qimmatbaho sovgʻalar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlanib kelinmoqda.

Navbatdagi “Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini keng targʻib qilish, ularni giyohvandlik, ichkilikbozlik turli axloqsizliklardan himoya qilish” mavzusidagi davra suhbati tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 50-sonli umumtaʼlim maktabida oʻtkazildi. Tadbirda shifokorlar, Ichki ishlar boʻlimi xodimlari, faol ota-onalar, maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, oʻqituvchilar ishtirok etishdi.

Davra suhbatini 50-sonli maktab direktori Alisher Eshniyozov kirish soʻzi bilan ochdi hamda boshqarib bordi. U yigʻilish kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan qatnashuvchilarni tanishtirib oʻtdi.

“Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkilotining raisi Oʻrozali Reyimov oʻz soʻzida grant loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyati, loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ulardan kutilayotgan natijalar haqida gapirib oʻtdi. Shuningdek, bugungi kunda ijodkor yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrliklar, ularni qoʻllab-quvvatlash, xususan ularning ijod mahsullarini gazetalar va Amudaryo televideniyesida yoritib borish borasida olib borilayotgan ishlarga toʻxtalib oʻtdi.

Hududdagi 3-sonli oilaviy poliklinika bosh shifokori Jahongir Pirmonov soʻzga chiqib sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini targʻib qilish borasida, shuningdek, bu borada kun tartibiga qatʼiy amal qilib borish zarurligini hayotiy misollar orqali yoshlarga tushuntirib berdi. Sogʻlom turmush tarzning garovi doimiy harakat va jismoniy mashqlar bilan muntazam shugʻullanib borish ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlikning oldini olish hamda ularni giyohvandlik, ichkilikbozlik, turli axloqsizliklardan himoya qilish borasida “Oq oltin” ovul fuqarolar yigʻini profiliaktika noziri Marat Sipatdinov soʻzga chiqib, bugungi kunda oʻquvchi-yoshlarning turli huquqbuzarlik va jinoyatchilikka yoʻl qoʻymasliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi hamda Jinoyat toʻgʻrisi Kodeksi koʻrsatiladi javobgarlik haqidagi nizomlardan misollar keltirib, yigʻilish ishtirokchilariga maʼlumotlar berib oʻtdi.

Faol ota-onalar nomidan mehnat faxriysi Zulfiya Bekimbetova soʻzga chiqib farzand tarbiyasida ota-onalar va oʻqituvchilar, mahalla ahli birdek masʼul ekanligini alohida taʼkidladi. Maktabning 8 B-sinf oʻquvchisi Rayhona Tojiboyeva esa oʻzining yangi yozgan sheʼrlaridan oʻqib berdi.

Tadbir soʻngida 50-sonli maktabning maʼnaviy maʼrifiy ishlar boʻyicha direktori oʻrinbosari Akram Qurbonboyev mazmunli suhbatlari uchun davra suhbati tashkilotchilariga maktab maʼmuriyati tomonidan teran minnatdorchilik bildirdi.

Oʻ.REIMOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019