24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 14:29
Jamiyat 👁 169

DAVLATIMIZDA BOLA HUQUQLARI HIMOYaSI – USTUVOR VAZIFA

DAVLATIMIZDA BOLA HUQUQLARI HIMOYaSI – USTUVOR VAZIFA

Yurtimizdagi barcha bolalar avlod davomchilari, ertangi kun vorislari sifatida qadrlanadi. Insonparvar jamiyatimizda barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquqlarini himoya qilish va shu kabi boshqa masalalar eng ustuvor vazifa hisoblandi. Mamlakatda yashovchi har bir bola huquqi davlat tomonidan kafolatlanib, himoya qilinadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyaning 43-moddasida ham voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolgʻiz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir, deyilgan. Undan tashqari, 63-moddasida farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qatʼiy nazar, qonun oldida tengdirlar, onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi, deb belgilangan.

Amudaryo tumani hokimligida faoliyat koʻrsatib kelayotgan Bolalar masalalari boʻyicha komissiyasi Prezidentimizning 2021-yil 9-avgust kungi Farmoniga asosan tashkil qilingan. Komissiya tomonidan tumanda bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning sogʻlom turmush tarziga amal qilgan holda hayot kechirishlarini taʼminlash, jismoniy, intellektual, maʼnaviy va axloqiy kamol topishiga koʻmaklashish, ota-onalari qaramogʻidan mahrum boʻlishining oldini olish kabilar borasida zarur choralar koʻrilmoqda.

Tumanda voyaga yetmaganlar 74 ming 200 nafarni tashkil qiladi. Shundan 3-7 yosh bolalar soni 16 ming 613 nafardan iborat. Hozirgi kunda tumanda jami 123 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgan boʻlib, ularga qamrab olingan bolalar soni 11 ming 753 nafar, yaʼni 70,7 foizga yetgan. Shuningdek, tumanda 85 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari mavjud boʻlib, hozirgi kunda ushbu taʼlim muassasalarda 37 ming 965 nafar bolalar taʼlim-tarbiya olib kelishmoqda.

Komissiyaga huquqni muhofaza qiluvchi organlardan oʻtgan yil yakuniga qadar 10 ta holat boʻyicha voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilingan maʼmuriy huquqbuzarliklariga oid ishlar kelib tushgan boʻlib, ushbu hujjatlar komissiyada koʻrildi va voyaga yetmaganlarning ota-onalariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 47-moddasi 1-qismidagi maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir qilganligi uchun qonuniy choralar koʻrildi.

Undan tashqari, Komissiyaga tuman Xalq taʼlimi boʻlimidan ota-onasi bilan Qozogʻiston Respublikasi, Rossiya federatsiyasi kabi chet davlatlarga vaqtincha yashash uchun yoki butunlay koʻchib ketayotgan maktab oʻquvchilarini oʻquvchilar safidan chiqarishni soʻrab kiritilgan 83 ta iltimosnomalar tegishli tartibda oʻrganilib, tegishli qarorlar chiqarib berildi.

Bolalarni himoya qilish shoʻʼbasi tomonidan farzandini oʻz tarbiyasiga olish va ota-onalik huquqini tiklash, vasiylikka olish toʻgʻrisidagi fuqarolarning arizalari hududlarga chiqib oʻrganilib, ijobiy hal etib berildi. Vasiylikka olingan bolalarning yashash sharoitlari ham muntazam ravishda hududlardagi maktab pedagoglari va psixologlar ishtirokida koʻrilib borilmoqda.

Joriy yil davomida 8 nafar voyaga yetmagan bolalar va 2 nafar ota-onalar Ichki ishlar boʻlimi tomonidan profilaktik hisobga olingan boʻlib, ular bilan muntazam ravishda hamkorlikdagi tashkilotlar bilan profilaktik ishlar olib borilmoqda. Huquqbuzarliklar profilaktikasi kunidagi profilaktik tadbirlar doirasida taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning ota-onalari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etilib, taʼlimning majburiyligi, ota-onalar majburiyati yuzasidan tashviqot-targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Oʻtgan yil davomida tumandagi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda shu kabi tadbirlar va 48 dan ortiq “Oʻquvchi”, ”Davomat” reydlari oʻtkazildi. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida ovul va mahallarlarda, taʼlim muassasalarida targʻibot-tashviqot tadbirlari olib borildi.

Tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash, Ichki ishlar, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlimlari, “Yusuf Eshon bobo jomʼe” masjidi, Tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda fuqarolar bilan uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkillashtirilib, nikoh yoshi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, erta nikohning oldini olish boʻyicha tushunchalar berildi. Bolalar bogʻchalari va oilalarda tarbiyalanayotgan bolalar tor doiradagi mutaxassis shifokorlardan iborat 4 ta brigadalar ishtirokida tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.

Bolalarni himoya qilish, asrab-avaylash har birimiz uchun eʼtibordagi masala boʻlishi kerak. Chunki ular ertaga butun millat, mamlakat taraqqiyotini, kelajagini yaratishdek, masʼuliyatli vazifani bajaradi. Biz ularni shunga munosib qilib tarbiyalashga har birimiz masʼulmiz.

J.Xolmurodov, tuman hokimligi Bolalarni himoya qilish masalalari shoʻʼbasi rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026